O‘zbekiston—Italiya sammiti dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev va Serjo Mattarella daraxt ekish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Risolat/de-1.jpg)
Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida davlat rahbarlari birgalikda archa ekdi. Bu xalqlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari mustahkamlanib, O‘zbekiston va Italiyaning ko‘p qirrali hamkorligi va strategik sherikligi kengayib borayotganining ramzi bo‘ladi.
![](/static/2023/Risolat/dee.jpg)
![](/static/2023/Risolat/der-1.jpg)
Izoh (0)