Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Italiya prezidenti Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella hamrohligida 9-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 10-noyabr kuni ushbu davlat rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ko‘ksaroy qarorgohi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Italiya prezidenti va uning qizi — mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston prezidenti va rafiqasi qarshi oldi.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi. Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Izoh (0)