Rossiyaning Sverdlov viloyatidagi qurilishda o‘zbekistonlik yigit yerto‘laga tushib ketib jiddiy jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda E1.ru.

Ma’lum qilinishicha, voqea 1-noyabr kuni Yekaterinburg shahrida yuz bergan. Ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan 26 yoshli yigit birinchi qavatdan yerto‘laga tushib ketib, bosh suyagi va bo‘yin umurtqa pog‘onasi singan. U zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va u yerda koma holatiga tushgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, qurilish maydonida xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilingani ham tekshiriladi.
Izoh (0)