Rossiya G‘azo sektori aholisi uchun 5-noyabr kuni gumanitar yordam yubordi. Bu haqda mamlakat FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jami 60 tonna gumanitar yordam yuklangan ikkita maxsus bort Misr aeroportiga uchib ketgan. U yerda gumanitar yordam Misr Qizil yarim oy jamiyati vakillariga beriladi. Ular esa G‘azo sektori aholisiga yo‘naltiradi.
Gumanitar yordam oziq-ovqatlar, matraslar, yostiqlar va shaxsiy gigiyena vositalaridan iborat.
Bu mintaqadagi vaziyat keslinlashganidan so‘ng G‘azo sektoriga yuborilayotgan gumanitar yordamning uchinchi partiyasidir.
Bundan avval, 3-noyabr kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti oziq-ovqat, dori-darmon va yaradorlar uchun gemostatik vositalar va yaradorlarni bog‘lash uchun materiallarni o‘z ichiga olgan 55 tonna yukni yetkazib bergan.
Izoh (0)