Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Yaqin Sharqqa va “Tolibon”ga qurol sotishini aytdi. Bu haqda u Rossiya Jamoatchilik palatasi aʼzolari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Hozirda Ukrainadan Yaqin Sharqqa qurol paydo bo‘layotganini aytishmoqda. Albatta, paydo bo‘ladi, chunki sotishmoqda”, — dedi Putin.
U Ukrainada korrupsiya “amalda qonuniylashtirilgani” va G‘arb uni yengishga qodir emasligini aytdi.
“Shuning uchun amerikaliklar Ukraina iqtisodiy va siyosiy elitasini o‘zgartirishga qaror qildi, ammo bu muammoni hal qilmaydi, hammasi shundayligicha qoladi”, — dedi Rossiya prezidenti.
U Rossiyada ham ko‘plab muammolar mavjudligi, butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashilayotgani, “lekin dunyoning hech bir joyida Ukrainadagidek korrupsiya yo‘q”ligini aytdi.
Putin Ukrainaning sobiq rahbarlari bilan yaqin aloqada bo‘lgani, uning so‘zlariga ishonish mumkinligini bildirdi.
“Buni menga davlatning yuqori lavozimli amaldorlari aytgan”, — dedi u.
Izoh (0)