Rossiya Qurolli Kuchlari dushmanning yadroviy zarbasiga javoban ommaviy yadroviy zarba berish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Kreml ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi Bosh shtabi rahbari Gerasimov strategik yadroviy kuchlar mashg‘ulotiga “Yars” mobil qurilmasi, atom suvosti kemasi va ikkita strategik raketa tashuvchisi jalb etilganini taʼkidladi.
“Yars” qit’alararo ballistik raketasi Kamchatkadagi Kura poligonidagi Plesetsk kosmodromidan, “Sineva” ballistik raketasi esa Barents dengizidan “Tula” yadroviy strategik raketa suvosti kemasidan uchirildi. Bundan tashqari, uzoq masofaga uchuvchi Tu-95MS samolyotlari ham raketalar bilan zarba berishni mashq qildi. Kremlning taʼkidlashicha, mashg‘ulotlar davomida rejalashtirilgan vazifalar to‘liq bajarilgan. Mashg‘ulotlarni prezident Vladimir Putin shaxsan nazorat qildi.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Putinga bergan hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulotlar, jumladan, “dushmanning yadroviy zarbasiga javoban strategik hujumchi kuchlar tomonidan yirik yadroviy zarba berish” amaliyotidan iborat bo‘lgan.
Izoh (0)