Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Turkiy investitsiya jamg‘armasini taʼsis etish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekistonning Turkiy investitsiya jamg‘armasidagi ulushini bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan, uning boshlang‘ich kapitalidagi 2 mingta aksiyaga obuna bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbasi ekani belgilandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bitimning bajarilishi uchun masʼul vakolatli organ etib, Markaziy bank Bitim bo‘yicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil noyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yig‘ilishida yirik qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘ladigan Turkiy davlatlar tashkilotining Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolashni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
Izoh (0)