Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) qachon oktagonga qaytmoqchiligini aytib o‘tdi.
“Aprel oyida qaytmoqchiman. Undan ham oldinroq qaytishni xohlagandim, biroq formaga tushib olishim vaqt talab qiladi.
Juda ko‘p narsani boshdan o‘tkazdim. Endi esa jang sanasini kutaman.
Istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. UFC Chendlerga qarshi oktagonga ko‘tarilishimni xohlayotganga o‘xshaydi. Menga esa farqi yo‘q”, — deydi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Avvalroq, bokschi Oleksandr Usik Konorni jangga chorlagani xabar qilingandi.
Izoh (0)