Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) oktagonga qaytgach kimlar bilan jang qilishini aytib o‘tdi.
![](/static/gettyimages-1594222141-1024x1024.jpg)
“Dekabr oyida Maykl Chendlerga qarshi jang qilaman, keyin esa BMF kamari uchun Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tarilaman. So‘ngra Neyt Diaz bilan trilogiyani o‘ylab ko‘ramiz”, — deydi Konor.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Avvalroq, bokschi Oleksandr Usik Konorni jangga chorlagani xabar qilingandi.
Izoh (0)