Daryo

Dastin Porye Konor Makgregorni 3-jangda 1-raundda texnik nokaut bilan yengdi. Konorning oyog‘i sindi

Asosiy kardda 4 ta jang muddatidan avval yakunlandi

1 daqiqa o‘qish122 426 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 11-iyul tongida UFC 264 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Musobaqaning asosiy jangi Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasida kechdi. Birinchi raund Dastin Poryening ustunligida o‘tdi. Raund so‘ngida Konorning oyog‘i sindi va jang to‘xtatildi. Shu tariqa Porye uchinchi jangi g‘alaba bilan yakunladi.

Asosiy kard
  • Dastin Porye (28-6) texnik nokaut evaziga Konor Makgregorni (22-6) yengdi;
  • Gilbert Byorns (20-4) ochkolar bo‘yicha Stiven Tompsondan (16-5-1) ustun keldi;
  • Tay Tuyvasa (12-3) 1-raundda Greg Hardini (7-4) nokautga uchratdi;
  • Iren Aldana (13-6) 1-raundda Yana Kunitskayani (14-6) nokautga uchratdi;
  • Shon O’Melli (14-1) 3-raunddagi texnik nokaut evaziga Kris Moutinyoni (9-5) yengdi.
Prelim kard
  • Maks Griffin (17-8) ochkolar hisobiga Karlos Konditni (32-13) mag‘lub etdi;
  • Mishel Pereyra (26-11) ochkolar hisobiga Niko Praysdan (14-5) ustun keldi;
  • Iliya Topuriya (11-0) 1-raundda Rayan Hollni (8-2) nokautga uchratdi;
  • Drikus Dyu Plessi (16-2) 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Trevin Jaylsni (14-3) yengdi.
  • Jennifer Maya (19-7) ochkolar hisobiga Jessika Ayni (15-10) mag‘lubiyatga uchratdi;
  • Bred Tavares (19-6) ochkolar hisobiga Omari Ahmedovdan (21-6) ustun keldi — 29-28, 29-28, 28-29;
  • Jalgas Jumagulov (14-5) 1-raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab Jerom Riverani (10-6) taslim etdi.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar