• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oktagon va uning tashqarisidagi shov-shuv va “Yil jangi” e’tirofi. Habib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor jangiga 5 yil bo‘ldi (video)

    Bundan 5 yil avval AQShda UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va yengil vazn toifasidagi chempion dog‘istonlik Habib Nurmagomedov o‘rtasida UFC 229 musobaqasining asosiy jangi bo‘lib o‘tgandi.

    “Yil jangi” deya nom olgan to‘qnashuv oktagonda ham undan tashqarida ham juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

    Foto: USA Today

    Jangdan oldin

    Konor Makgregor 2017-yil avgust oyida yengilmas Floyd Meyvezer bilan professional boks qoidalari bo‘yicha jang qilish uchun UFC’dagi faoliyatini to‘xtatib turgandi. Dog‘istonlik jangchi esa 2018-yil aprel oyida El Yakvintani yengib, uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritgandi. 

    Habib va oktagonga qaytayotgan Konor o‘rtasidagi jang qizg‘in kechishi ma’lum edi. Irlandiyalik sportchi o‘zining xarakteriga sodiq qolgan holda, jangdan oldingi bir necha tadbirlarda Habibni haqorat qilar, turli nomaqbul so‘zlarni aytardi. Nurmagomedov esa xotirjamlikni zo‘rg‘a saqlab, barchasiga oktagonda javob qaytarishga va’da bergan. 

    Foto: Getty Images

    Jangchilar jamoalari o‘rtasidagi adovatga Nurmagomedovning aprel oyidagi chempionlik jangidagi voqealar ham sabab bo‘lgan. O‘shanda Habib Konorning sparring sherigi rossiyalik Artyom Lobovning yuziga tarsaki tushirgandi va Makregor bunga javoban dog‘istonlik sportchi va uning jamoasi avtobusiga hamla qilgandi. 

    Jang

    2018-yilning 6-oktabr oyida Las-Vegasda UFC 229 musobaqasi o‘tkazildi.

    Birinchi raunddayoq Habib jang nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Konor esa raqibining quchog‘idan qochib qutula olmadi. 

    Foto: Getty Images

    Ikkinchi raundda esa Habib yana bir teykdaunni amalga oshirdi va Konordan ustunligini yaqqol namoyon etdi. Gongdan so‘ng Konor qiyinchilik bilan o‘rnidan turdi. 

    Uchinchi raundda Habib “stoyka”da jang qilishga qaror qildi. Ushbu besh daqiqada Nurmagomedov charchab qolgan Konorning hududida jang qildi.

    To‘rtinchi raundda Habib yana Konorni parterga oldi. Makgregor taslim bo‘lib, Nurmagomedovning qo‘liga urdi. 

    Jangdan so‘ng

    Habib Konorni qo‘yib yubordi va irlandiyalik sportchiga nimadir dedi. So‘ngra, ortiga o‘girilib, Makgregor jamoasi tomon harakatlanib, oktagondan sakrab o‘tib, Konorning murabbiyi Dillon Denisga tashlandi.

    Foto: Getty Images

    Bu paytda dog‘istonlik jangchining do‘sti Zubayra Tuxugov va sambo bo‘yicha sobiq chempion Esedulla Emiragayev Konor tomon yugurdi. Charchagan Makgregor bir necha marta zarba qabul qilib oldi. Nurmagomedov jamoasining uch nafar a’zosi vaqtincha hibsga olindi.  

    UFC prezidenti Dana Uayt g‘olibga kamarni taqdim etmadi va keyinroq matbuot anjumni sportchining diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ham ma’lum qilgandi. 

    Diskvalifikatsiya

    Nevada shtati atletika komissiyasi Habib va uning jamoasi a’zolari ishi bo‘yicha o‘z hukmini bir necha bor kechiktirdi. 2019-yilning yanvar oyida Habib 9 oyga diskvalifikatsiya qilindi va jang uchun gonorarning chorak qismi — 2 million dollardan 500 mingini yo‘qotdi. Tartibsizliklarda ishtirok etgan Makgregor unchalik og‘ir bo‘lmagan jazo — 6 oylik diskvalifikatsiya va 50 ming dollar jarimaga tortilgan. 

    Keyingi faoliyat

    Habib Nurmagomedov 2019-yil sentabr oyida Dastin Poryega qarshi, 2020-yil oktabr oyida Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tarildi va ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Getjiga qarshi jangdan so‘ng Habib faoliyatini yakunladi. 

    Konor Makgregor esa 2020-yil Donald Serroneni mag‘lub etdi. Shundan so‘ng ikki marta Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tarilib, ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchradi. 2021-yildagi jangda Konor oyog‘ini sindirib olgandi. Makgregor hozirda yana faoliyatini tiklash haqida o‘ylamoqda. 

    06.10.2023, 21:52   Izoh (0)   21732
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Bunyodkor” va “Qizilqum” uchrashuvida jangovar durang qayd etildi 

    06.10.2023, 20:52

    Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashi doirasida 3 ta mamlakatga qarshi o‘yin o‘tkazadi

    06.10.2023, 14:16

    Xanchjou—2022. Akbar Jo‘rayev kumush, Ruslan Nuriddinov bronza medalini qo‘lga kiritdi

    06.10.2023, 13:38

    O‘zbekiston klublaridan 2 nafar futbolchi OChL 2-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi

    06.10.2023, 13:12

    Raqib jamoa sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun “PSJ” a’zolari Dembele, Kolo-Muani, Hakimi va Kurzavalar bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

    06.10.2023, 11:10

    Mbappe, Grizmann va Dembele. Fransiya terma jamoasining oktabr oyidagi o‘yinlar uchun qaydnomasi 

    06.10.2023, 10:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Omadsizlikdan qo‘rqmaydiganlar: “Oltin malina” mukofotini shaxsan qabul qilishga kelgan mashhurlar

    Kino | 18 iyun, 19:15

    Isroilning nozik nuqtasi: “Temir gumbaz” nega Eron raketalarini tutib qola olmayapti?

    Dunyo | 18 iyun, 19:05

    Xitoy Eronga sirli samolyotlar jo‘natdi

    Dunyo | 18 iyun, 18:50

    “Parkentga ham istiqlol shabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini ko‘rib, xursand bo‘ldim” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 18 iyun, 18:38

    “Tehron muloqotga tayyor, ammo Vashingtonga ishonchini yo‘qotgan” — Eron TIV vakili

    Dunyo | 18 iyun, 18:30

    Jastin va Xeyli Biber yashirincha ajrashdi — OAV

    Shou-biznes | 18 iyun, 18:21

    “Barselona” darvozabon sotib oldi

    Sport | 18 iyun, 18:17

    Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 18:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.