Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich HAMASni “qo‘llab-quvvatlagani” sababli Falastin milliy ma’muriyatiga mablag‘ o‘tkazishni to‘xtatishni buyurganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Hozirgi reallikda mablag‘larni hech narsa bo‘lmagandek o‘tkazishda davom etayotganimizni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi. Sizga shuni ma’lum qilmoqchimanki, men Moliya vazirligiga shu oydan to‘lovlarni o‘tkazishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berganman”, — dedi u bosh vazir Binyamin Netanyaxuga yo‘llangan maktubda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorga Falastinning ayrim yetakchilari 7-oktyabr kuni harakat jangchilarining Isroilga hujumini qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Smotrich harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasidan Tel-Avivning Falastinni moliyalashtirish sohasidagi siyosatini so‘nggi voqealar nuqtayi nazaridan muhokama qilishni talab qilgan.
Izoh (0)