Isroilning G‘azo sektorini o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lgan bolalar soni 3,3 mingdan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Vazirlik Ashraf al-Qudraga ko‘ra, Falastin ayni paytda mingdan ortiq bola vayronalar ostida qolmoqda. Avvalroq vazirlik halok bo‘lgan bolalar soni 3195 nafarga yetganini xabar qilgandi.
“7-oktyabrdan buyon G‘azo sektoridagi Isroil agressiyasi qurbonlari soni 8005 kishini tashkil etdi, ulardan 3324 nafari bolalar”, — dedi al-Qudra matbuot anjumanida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili ayni paytda vayronalar ostida 1020 nafar bola qolayotganini ham qo‘shimcha qoldi
Izoh (0)