Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzi havo 26-29 darajagacha isiydi.
Shuningdek, quruq va iliq ob-havo respublika bo‘yicha 30-oktyabr, dushanba kuni ham saqlanib turadi.
Toshkentda 27—29-oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kuni kunduzi 22-24 daraja, shanba kuni 24-26 daraja, yakshanba kuni 26-28 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari 9-12 daraja atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)