• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DXX uchta viloyatda Tojikistondan olib kelingan 9 kg narkotik moddalar savdosiga chek qo‘ydi (video)

    Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatida noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi, deb xabar beradi O‘zA.

    Kadr: Telegram

    Qayd etilishicha, DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada, uning salonida jami 6 bo‘lakda 3 kilogramm 982 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Tezkor surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxs Tojikistondan keltirilgan ushbu ajal og‘usini Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi ikki nafar fuqarodan olganligi maʼlum bo‘lib, Xazorasp tumanidagi mehmonxonaning ular joylashgan xonasidan sotish uchun mo‘ljallangan 1 kilogramm 952 gramm opiy moddasi ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositasini sotib olgan vaqtlarida yana ikki nafar xazorasplik narkosavdogarlar ushlangan.  

    Buxoro viloyatida qayd etilgan holatda esa G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1973 va 1975-yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro Buxoro shahrida 1 kilogramm 224 gramm opiy moddasini 50 ming dollarga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bo‘ka tumani hududida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, tekshirilgan.

    Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yashovchi, 33 yoshli fuqaro yonida 1,9 kilogramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Ushbu ajal og‘usi tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan Toshkent viloyatiga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan.

    Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Avgust boshlarida DXX Samarqand viloyatida giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan guruhni qo‘lga olgandi. O‘shanda Urgut tumanida yashovchi 1978 va 1986-yillarda tug‘ilgan opa-singil 911 gramm opiy giyohvandlik moddasini 12 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, Toshkentda Kia mashinasida narkokuryerlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

    26.10.2023, 12:22   Izoh (0)   5702
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda qamishlar orasiga yashirib ketilgan 10 kilodan ortiq narkotik modda topildi (video)

    12.08.2023, 16:10

    Jizzaxda giyohvand moddalar savdosi ortidan bir guruh fuqarolar qamoqqa olindi (video)

    14.09.2023, 14:29

    DXX Toshkentda yashirin laboratoriya tashkil etib, psixotrop moddalarni tayyorlash bilan shug‘ullangan olti kishini ushladi (video)

    16.10.2023, 14:42

    O‘zbekistonda asosiy stavka yana 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

    26.10.2023, 11:59

    Ichki ishlar vazirligi oyiga 10 ming dollar topishni “o‘rgatgan” biznes-trenerni qidiruvga berdi

    26.10.2023, 11:39

    O‘zbekistonning ba’zi joylarida 27-oktyabr kuni ham yomg‘ir yog‘adi

    26.10.2023, 11:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ford yong‘in xavfi tufayli 700 mingta avtomobilini qaytarib oladi

    Dunyo | 22 iyul, 20:25

    Papilloma nima va u qanday paydo bo‘ladi?

    Maslahatlar | 22 iyul, 20:15

    “Imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanilsa, Zomin tumani ishsizlikdan xoli hudud bo‘la oladi” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 22 iyul, 20:05

    Demensiyaga chalingan Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashmoqda: u endi gapira olmaydi

    Kino | 22 iyul, 19:55

    Tramp AQSHni YUNESKO a'zoligidan chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 22 iyul, 19:45

    Andijonda do‘kon egasi sotuvchisini “samosud” qildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.