Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirliklari 8-avgust kuni imzolangan tinchlik deklaratsiya matnini e’lon qildi.

Endilikda hujjatni ikki davlat yetakchisi Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan ratifikatsiya qilishi lozim. Ikkala siyosatchi ham Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuvda deklaratsiyani imzolagan. O‘shanda ular shartnomani ratifikatsiya qilish niyatini bildirgandi
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi kelishuvga nimalar kiritildi?
Hujjat 17 bobdan iborat. Unda tomonlar tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatishga kelishgani, sobiq Ozarbayjon SSR va Armaniston SSR o‘rtasidagi chegaralarni tan olishi, bir-birining suverenitetini hurmat qilishi hamda bir-biriga nisbatan hududiy da’volarga ega emasligi qayd etilgan.
Boku va Yerevan, shuningdek, diplomatik munosabatlar o‘rnatish niyatida (muddatlar ko‘rsatilmagan). Tomonlar chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish va kelishuv tuzish majburiyatini olmoqda. Ikkala davlat ham umumiy chegara bo‘ylab uchinchi tomon kuchlarini joylashtirmaslikka kelishgan.
Hujjat ozarbayjon, arman va ingliz tillarida tuzilgan, biroq talqin qilishda ingliz tilidagi matn ustunlikka ega. Kelishuvda ichki davlat tartib-qoidalari yakunlanganini tasdiqlovchi hujjatlar almashilgandan so‘ng kuchga kiradi. Shundan keyin BMTda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oq uyda imzolangan deklaratsiya
Aliyev va Pashinyan 8-avgust kuni Tramp bilan uchrashuvda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinch munosabatlar to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Masalan, unda “o‘tmishdagi mojarolar bilan bog‘liq bo‘lmagan yorqin kelajakka yo‘l ochish” zarurligi ta’kidlangan.
Shuningdek, Armaniston o‘z hududida “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘li” nomli tranzit yo‘lini tashkil etishda AQSH va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishi kelishib olindi. Armaniston mazkur yo‘lakni (Zangezur yo‘lagi haqida ketmoqda) boshqarish huquqini 99 yil muddatga AQSHga topshiradi.
Izoh (0)