Turkiya mamlakati Isroil bilan barcha energiya shartnomalarini to‘xtatdi.
Shuningdek, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktarning Tel-Avivga tashrifi bekor qilingan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham Isroilga tashrifi bekor qilinganini ma’lum qilgandi.
Kecha, 24-oktyabr kuni HAMAS harakati arab va islom davlatlarini Isroil elchilarini chiqarib yuborishga va bu davlat bilan munosabatlarni normallashtirishning barcha shakllarini to‘xtatishga chaqirgandi.
“Bosqinchi maʼmuriyat tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va u olib borayotgan genotsid urushi nuqtayi nazaridan biz arab va islom davlatlarini bosqinchilar bilan aloqalarni uzishga, ularning elchilarini o‘z mamlakatlaridan chiqarib yuborishga chaqiramiz”, — deyiladi HAMAS xabarida.
Izoh (0)