Sankt-Peterburgdagi Kosmonavtov prospektidagi ijaraga olingan 37-uyda o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Tashqi zo‘ravonlik belgilari bo‘lmagan ayol jasadi yotoq ostidagi joyda aniqlangan. Marhuma ikki hafta avval hamyurti bilan ushbu kvartirani ijaraga olgan 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Qotillikda gumonlanuvchi 12-oktyabr kuni Pulkovodan Istanbulga uchib ketgan. Erkak qidiruvga berilgan. O‘lim sababini aniqlash uchun jasad o‘likxonaga yuborilgan.
Marhuma yaqinda Rossiyada qolish qoidalarini buzgani uchun 5 ming rubl (taxminan 54 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan va u mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak edi. Hozirda qotillik bo‘yicha jinoiy ish ochilgan, zaruriy ekspertiza tayinlangan, guvohlar so‘roq qilinmoqda.
Jasad qanday qilib aniqlagan?
Kvartirani ijaraga olgan oila uyga kelganida yoqimsiz hidni sezgan. Shundan so‘ng ular xonadagi derazalarni ochib, do‘konga ketgan. 23-oktyabrga o‘tar kechasi xonada hid kuchaygan.
Taxminan 15:00 da erkak choyshabni almashtirishga qaror qilgan. Bir necha daqiqadan so‘ng u rafiqasiga karavot ostida odam oyoqlari chiqib turganini aytgan. Qo‘rqib ketgan ijarachilar politsiya va kvartira egasiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Izoh (0)