Rossiyaning Moskva shahridagi qurilish maydonlaridan birida ikki nafar o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda “Moskovskiy komsomolets”.

Maʼlumotlarga ko‘ra, jasadlar 19-oktyabr kuni soat 10:30 da uy qurilishi ketayotgan Artyuxina ko‘chasida topilgan. Halok bo‘lganlar 33 yoshdagi o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lib, ular tunda vafot etgani taxmin qilinmoqda. Tanalarida zo‘ravonlik belgilari topilmagan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)