Ozarbayjon BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) orqali falastinlik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 million dollar ajratdi.
Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari darajasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qildi.
Vazir mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning jiddiy yomonlashishiga olib kelgan so‘nggi voqealar xavotirga sabab bo‘layotganini taʼkidladi.
“Ozarbayjon tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi”, — deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirining bayonotida.
Izoh (0)