Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12-oktyabr kuni Bishkekka keldi. Qirg‘izistonda ikki kunlik rasmiy tashrifi doirasida u MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu Rossiya rahbarining 2023-yilda xorijga birinchi safari bo‘ldi.
Rossiya rasmiy delegatsiyasi tarkibida:
- tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov,
- bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk,
- adliya vaziri Konstantin Chuychenko,
- tabiiy resurslar vaziri Aleksandr Kozlov,
- iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov,
- fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov,
- “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyev bor.
Tashrif davomida Qirg‘iziston—Rossiya muzokaralari o‘tkazilishi ham kutilmoqda. Muhokama qilinadigan mavzular qatorida siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosiy masalalari bor. Shuningdek, dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo qo‘shma hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng Sadir Japarov va Putin OAV uchun yakuniy bayonot bilan chiqadi.
Izoh (0)