O‘zbekistonda ayni paytda harakatda bo‘lgan avtotransportlarning yuz mingtasi nosoz ekani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami 3 268 480 ta avtotransport vositasi foydalanishda bo‘lib, shundan 796 034 tasi (24 foiz) benzin, 71 088 tasi (2 foiz) dizel va 2 401 348 tasi (74 foizi) gazda harakatlanishga mo‘ljallangan. Ayni paytda mamlakatda harakatda bo‘lgan avtotransportlarning 100 mingtasi nosoz avtotransportlar hisoblanadi.
Joriy yilgi “Toza havo” oyligi tadbirlari davomida 300 ming transport vositalarini nazoratdan o‘tkazish belgilangan.
Izoh (0)