• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHning yashirin kuchi yoxud “ko‘rinmas diplomatiya” siyosati

    Har qanday mamlakatning qudrati bevosita harbiy va iqtisodiy salohiyat orqali belgilanadi. Barcha davrlarda har qanday davlat o‘z xavfsizligini taʼminlovchi kuch sifatida qurolli kuchga eʼtibor qaratgan. O‘z navbatida, harbiy kuch katta mablag‘ni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan, iqtisodi bardavom bo‘lgan mamlakatlar doim  harbiy qudratini rivojlantirishga intilib kelgan.

    Inson aqli vaqt o‘tishi bilan o‘qotar quroldan tortib Yer sayyorasini yo‘q qilib yubora oladigan yadro kallaklarigacha o‘ylab topdi. Insoniyat globallashuv davriga qadam bosish barobarida, zamonaviy dunyoning yangi kuch vositalarini yaratishga talpindi. Kashf etilgan yangi kuch vositalari bugun qudratli mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro geosiyosiy raqobatning ko‘rinish va shaklini XX asrga qaraganda tubdan o‘zgartirib yubordi.

    To‘g‘ri, bugungi kunda harbiy va iqtisodiy kuch vositasi orqali har bir davlatni o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur qilish mumkin. Biroq baʼzida qattiq vositalarsiz ham ko‘zlangan maqsadga erishsa bo‘ladi. Harvard universiteti professori Jozef Nay aytganidek, bunda majburlash emas, balki jalb qilish asosiy omil hisoblanadi.

    Ushbu maqolada zamonaviy dunyoning yangi kuch vositalaridan biri bo‘lgan — yumshoq kuch yoki “ko‘rinmas diplomatiya”, uning AQSH tashqi siyosatidagi o‘rni haqida so‘z yuritamiz.

    Yumshoq kuch o‘zi nima?

    Yumshoq kuch — bu maʼlum bir geosiyosiy maqsadga zo‘ravonliklarsiz erishish yo‘li hisoblanadi. Yumshoq kuch atamasini baʼzan “ko‘rinmas diplomatiya” iborasi bilan sinonim tarzda ishlatish mumkin. Yumshoq kuchning o‘ziga xos jihati, u qattiq (harbiy) kuchdan mutlaqo farq qiladi. Masalan, harbiy va iqtisodiy tahdidlar bir mamlakatni o‘z qarori va pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur etsa, yumshoq kuch jalb qilish siyosati bilan taʼsir ko‘rsatadi. Aniqroq qilib aytganda, yumshoq kuch bu o‘z manfaatlaringizni boshqalar manfaat va istaklariga aylantirishdir!

    Jozef Nay o‘zining “Yumshoq kuch” (Soft Power) asarida ko‘rinmas diplomatiya uchta manbaga tayanishini yozadi. Birinchisi — jozibador madaniyat. Ikkinchisi — mamlakat ichida va tashqarisida namuna bo‘la oladigan siyosiy qadriyat. Uchinchisi — huquqiy va axloqiy kuch sifatida namoyon bo‘lgan tashqi siyosat.

    Yumshoq kuch atamasining siyosatga kirib kelishi

    Yumshoq kuch atamasini birinchi bo‘lib siyosatshunoslik faniga olib kirgan Harvard universiteti professori Jozef Nay bo‘lishiga qaramay, bu kuch vositasi haqidagi qarashlar miloddan avvalgi VI asrda yashab o‘tgan xitoylik strateg Sun Szi tomonidan tilga olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “dunyoda suvdan zaifroq va nozikroq narsa yo‘q, lekin u eng qattiq jismni ham yo‘q qila oladi”.

    Sun Szi o‘zining “Urush sanʼati” nomli asarida “G‘alabaning eng aʼlosi yuz marta jang qilib, yuz marta g‘alaba qozonish emas, balki jang qilmasdan g‘olib bo‘lishdir”, deb yozadi. Shu jihatdan olib qaraganda, kuchning mavjudligi emas, balki undan qanday foydalana olish muhim hisoblanadi.

    Sovet Ittifoqining qulashida yumshoq kuchning o‘rni

    Yumshoq kuch iborasi o‘tgan asrning 90-yillarida jahon siyosatida muomalaga chiqarilgan bo‘lsa-da, uni real siyosatda qo‘llash jarayoni AQSH va Sovet Ittifoqi o‘rtasida boshlangan Sovuq urush (1945–1990) davriga borib taqaladi. Ayni shu vaqt ichida Amerikaning yumshoq kuchiga asosiy va yagona raqobatchi Sovet Ittifoqi edi. Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan g‘alaba qozonish va urushdan keyingi davrda kuzatilgan iqtisodiy o‘sish kommunistik rejim obro‘sini Yevropa, Afrika va Osiyo kabi mintaqalarda oshirib yubordi. Natijada dunyoning turli nuqtalaridagi insonlar ushbu g‘oya ketidan ergasha boshladi.

    Ayniqsa, 1957-yilda Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga birinchi sunʼiy yo‘ldoshning uchirilishi kommunistik mafkura taʼsiri yanada keng quloch yozishiga xizmat qildi. Ammo keyinchalik Sovet Ittifoqida yuzaga kelgan iqtisodiy turg‘unlik uning yumshoq kuch taʼsirini sezilarli ravishda pasaytirdi.

    Jozef Nay “Yumshoq kuch” asarida “Fan va texnika, klassik musiqa, balet va yengil atletikada sovet madaniyati jozibador edi, ammo mashhur madaniy ekspertlarning yo‘qligi uning taʼsirini cheklab qo‘ydi. Eng muhimi, sovet tashviqoti o‘zining siyosatiga mos kelmas edi”, deb yozadi.

    AQSHning harbiy va iqtisodiy qudrati Sovuq urushda Sovet Ittifoqini mag‘lub etishda asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa-da, Amerikaning ko‘rinmas diplomatiyasi kommunistik rejimini ichkaridan mavh etishda yordam berdi. 1950-yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi almashuv dasturiga muvofiq 40-50 nafarga yaqin talabalar Qo‘shma Shtatlarda turli yo‘nalishlarda tahsil olgan. AQSHda bilim olgan yosh kadrlar vaqti o‘tib, kommunistik rejimga taʼsir etmasdan qolmadi. Xususan, Aleksandr Yakovlev 1958-yilda Kolumbiya universitetida siyosatshunos olim David Turmen bilan birgalikdagi ilmiy ishlaridan nihoyatda taʼsirlangan edi. Keyinchalik Yakovlev Politbyuro (siyosiy byuro — turli mamlakatlardagi kommunistik partiyalarning boshqaruv organi) aʼzosi va Mixail Gorbachyovda liberal g‘oyalar shakllanishida asosiy figura bo‘lib xizmat qildi. “Sovuq urushda qattiq va yumshoq kuchlarning birlashuvi bilan g‘alaba qozonildi. Qattiq kuch ulkan harbiy to‘siqni parchalagan bo‘lsa, yumshoq kuch Sovet Ittifoqini ich-ichidan yemirdi”, — deb yozgan o‘z kitobida Jozef Nay.

    Yumshoq kuchning AQSH siyosatidagi o‘rni

    Sovet Ittifoqi parchalanib, Sovuq urush barham topgach, XXI asrda xalqaro munosabatlarda yumshoq kuchning favqulodda ahamiyati sezilarli darajada ortdi. Jozef Nay o‘z asarida 2000-yillarda AQSH hukumati tomonidan yuritilgan qattiq kuch siyosati keltirib chiqargan salbiy oqibatlarni ko‘rsatib, Iroq va Afg‘onistonga uyushtirilgan harbiy operatsiyalarni tanqid ostiga oladi. Chunki ayni shu harbiy amaliyotlar Qo‘shma Shtatlarning dunyo hamjamiyati oldidagi ishonchiga jiddiy zarba bergan edi.

    “Iroq urushidan olingan saboq shundan iborat bo‘ldiki, AQSHning yumshoq kuchi tobora kamayib bormoqda. Bush kengroq harbiy koalitsiya yoki BMTning ruxsatini qo‘lga kirita olmagani uchun urushga kirdi. Bu esa, o‘z navbatida, quyidagi ikki oqibatni keltirib chiqardi: birinchidan, Amerikaga qarshi kayfiyatning kuchayishi, terrorchilarni yollashning bekor qilinishi; ikkinchidan, urush va qayta qurish harakatlari AQSH uchun katta xarajatlarga sabab bo‘ldi. Boshqa mamlakatlar uchun jozibadorligimiz ahamiyatini kamaytirganimizda, biz, albatta, buning uchun badal to‘laymiz”, — deb yozgan Jozef Nay.

    Siyosatchi agarda Qo‘shma Shtatlar dunyoda birinchiligini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, tashqi siyosat yuritishda yumshoq kuchni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishi shartligini bildiradi. U yumshoq kuch kerakli natijaga erishishning boshqa bir vositasi ekanligini taʼkidlaydi.

    Jozef Nay AQSH yumshoq kuchining dunyo bo‘ylab tarqalishida, ommaviy diplomatiya siyosatining o‘rni katta ekanligiga eʼtibor qaratadi. Ommaviy diplomatiya siyosatining uchta muhim yo‘nalishi bo‘lib, ular ichida almashinuv dasturi alohida ustuvor ahamiyat kasb etadi. AQSH davlat kotibining ommaviy diplomatiya bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Sharlotta Birsning so‘zlariga ko‘ra, 200 dan ortiq amaldagi yoki sobiq davlat rahbarlari va terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasi liderlarining yarmi shunday almashinuv dasturlari ishtirokchisi bo‘lgan. Jozef Nay ushbu dastur haqida shunday yozadi:

    “O‘tgan o‘n yilliklarda taxminan 700 ming nafar ishtirokchi Amerikaning madaniy va ilmiy almashinuv dasturlarida qatnashgan. Bu almashinuv dasturlari Anvar Saodat, Gelmut Shmidt, Margaret Tetcher kabi dunyo liderlarini yetishtirishda yordam berdi”.

    Jozef Nayning taʼkidlashicha, Amerikada tahsil olgan talabalar AQSHning ommaviy madaniyati, demokratiyasi hamda ichki va tashqi siyosatidan taʼsirlanishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan bu talabalar o‘z mamlakatlarida AQSH manfaatlarini ilgari surishda yordam beradi. Nayning taʼbiri bilan aytganda, AQSHda taʼlim olgan shaxslar Qo‘shma Shtatlar obro‘si uchun ajoyib manba!

    Xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi xilma-xil dunyoda har uchala kuch manbasi —harbiy, iqtisodiy va yumshoq kuch maʼlum bir darajada dolzarb. “Ko‘rinmas diplomatiya” siyosati qanday imkoniyatlar taqdim etishini ko‘rgan yirik kuch markazlari, ayniqsa, Xitoy bugungi kunda o‘zining yumshoq kuchini parvarishlash uchun katta mablag‘ sarflamoqda. Agar XXI asr axborot davri ekanligini va ijtimoiy jarayonlar shu ketishda davom etishini hisobga olsak, yumshoq kuch samarali taʼsir ko‘rsatish vositasi bo‘lishiga shubha yo‘q!

    Sardor Ali

    07.10.2023, 19:07   Izoh (0)   21597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT sudi Armanistonning Ozarbayjonga qarshi da’vosi bo‘yicha sud majlisini o‘tkazadi

    07.10.2023, 18:36

    Falastin—Isroil mojarosi: Qurbonlar va garovga olingan isroilliklar soni ma’lum qilindi

    07.10.2023, 16:43

    Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektoriga javob zarbalarini berishni boshladi

    07.10.2023, 13:46

    G‘azo sektoridan Isroilga o‘nlab raketalar uchirildi

    07.10.2023, 12:20

    Mayya Sandu “Prigojin jamoasi” Moldovada davlat to‘ntarishini tayyorlagani haqida gapirdi

    07.10.2023, 11:15

    AQSH Rossiyaga mikrochiplar yetkazib bergan 42 ta Xitoy kompaniyasi bilan savdolarni cheklaydi

    07.10.2023, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.