• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Rol uchun 7 kiloga semirishga majbur bo‘lgan, turli ovozlarni taqlid qila oladigan va Turkiyaga kelin bo‘lgan Nargiza Salmonova 34 yoshda (foto, video)

    Aktrisa Nargiza Salmonova nafaqat filmlardagi rollari, balki taqlid sanʼati bilan ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. U xorijlik yigitga turmushga chiqib, ijodda uzilib qolgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar uchun hamon sevimli.

    “Essiz, onam xalq artisti bo‘lardi”

    Nargiza Salmonova 1989-yilning 1-oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘qituvchilar oilasida dunyoga kelgan. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, singlisi va ukasi bor.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Oilamizda sanʼatkorlar yo‘q, ammo onam bir joyga borsa, shunchalik chiroyli qilib gapirib beradiki, o‘zimni xuddi o‘sha yerga borgandek his qilaman. Onam gaplarni ham shunchalik rolga kirishib aytib beradiki, “Essiz, aktrisa bo‘lganingizda, kamida xalq artisti bo‘lardingiz”, deb kulaman.

    Ko‘pchilik meni tojik yoki ozarbayjon millatiga mansub deb bilarkan. Ammo oddiygina o‘zbekona oilada tug‘ilganman. Mening sanʼatkor bo‘lishim ham shunchaki tasodif bo‘lgan, — deydi aktrisa Nargiza Salmonova.

    “Faqat epizod rol berishardi”

    Nargiza Salmonova Toshkent davlat madaniyat kollejini tamomlab, kinodagi faoliyatini boshlaydi. Ammo sanʼatda o‘z o‘rnini topishi oson kechmaydi. Ancha vaqtgacha unga asosiy rollar berilmaydi. “Uchar qiz”, “Omadli yigitlar” va “Yozsiz yil” kabi filmlarda kichik epizod rollarni ijro etadi.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Bosh rolni Abduvohid G‘aniyevning “Taqdirlar” (“Bog‘cha aka”) filmida ijro etganman. Rolning katta-kichigi bo‘limaydi, deyishadi-yu, ammo asosiy rol aktrisaga ikki hissa masʼuliyat yuklaydi. Suratga olish maydonchasida Adiz Rajabov ko‘p marta qo‘llagan. Tasvirga olish ishlari boshlanmasidan avval ilk katta rolim ekanligini aytib qo‘yganman. Uning sahnalari suratga olinganidan keyin ham yonimda turardi. Partnyorimning yonimda ekanligini his qilib, rolni ishonarli ijro etishga harakat qilardim. Juda ko‘p partnyorlar bilan ishlaganman. Ammo “Taqdirlar”dagi Ozoda roli uchun Adiz Rajabovdan minnatdorman, — deydi aktrisa Nargiza Salmonova.

    “Gap-so‘zlardan qo‘rqaman”

    Nargiza Solmonovaning ijodidan ko‘ra, uning turk yigitiga turmushga chiqqani bilan bog‘liq gaplar ko‘proq muhokamalarga sabab bo‘lgan. Undan avvalroq esa uning xonanda Shohruxxon bilan munosabatlari ham muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Sanʼatkorlar bilan yaxshi munosabatdaman. Nima uchundir ijtimoiy tarmoqqa taniqli yigit va qiz birga tushgan suratini joylasa, kuzatuvchilar ularni sevishganga chiqaradi.

    Men gap-so‘zlardan qo‘rqaman. Turmushga chiqmagan qizning atrofida turli mish-mishlar bolalashi yaxshimas-da. Shohruxxon bilan do‘stmiz. Uni hurmat qilaman. Samimiyatni yo‘qotmagan inson, — deydi aktrisa.

    “Rol uchun semirganman”

    Aktrisa “Artist” sitkomida suratga tushish uchun bir necha kilogramm vazn to‘plagan, ammo suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin qomatidan uyalib, omma eʼtiboridan chetda yurishga harakat qilgan.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — “Artist” serialida suratga tushish uchun naqd 7 kilogramm vazn to‘pladim. Bu rejissor Ayub Shahobiddinovning talabi edi. Qomatim avvaldan o‘zgaruvchan bo‘lgan. Maktab vaqtida qancha yesam ham to‘lishmasdim. Hozir esa aksincha, stressga uchrasam, tezda vazn to‘playman. Ammo semirgan vaqtimda o‘zimga yoqmasdim. Har kuni sport zaliga borib, tinimsiz mashg‘ulotlardan keyin 7 kilogrammga ozdim. Ammo vazn tashlagunga qadar omma eʼtiboridan chetda yurishga harakat qildim. Hatto intervyular ham berganim yo‘q, — deydi aktrisa Nargiza Salmonova.

    “Bir oilani buzding, deyishgan”

    2017-yili aktrisa bilan bog‘liq ko‘ngilsiz xabar tarqadi. Yaʼni aktrisa sabab bir erkak oilasi bilan ajrashgan. Ayol esa bunda Nargiza Salmonovani aybladi. Aktrisa intervyularining birida bunday gap-so‘zlar ruhiyatiga og‘ir taʼsir qilgani haqida gapirib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — “Sevgini chiqarganga ming laʼnat, bir oilani buzding”, deb juda xunuk gaplarni yozishdi. U erkakni tanimasam, oilaning ajrashishida nima aybim bor? Ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan gaplar ruhiyatimga qattiq taʼsir etgan. Balki hayotda bunday bo‘lmagandir, chunki ijtimoiy tarmoq yolg‘onga to‘la. Shunday bo‘lsa-da, bu gaplar menga qattiq taʼsir etgan, — deydi Nargiza Salmonova.

    “Turk yigiti bilan oila qurishni niyat qilmagandim”

    Nargiza Salmonova kinodagi faoliyatidan tashqari, teatrda ham faoliyat yurigan. U bir muddat “Turon” teatrida ishlab, tajbirali ustozlar bilan birga ishlagan. U teatrda “Charxpalak” serialidagi lo‘li Maryam roli bilan tomoshabinlarga maʼqul bo‘lgan Elmira Rahimjonova sabab hayoti o‘zgarib ketganini ham aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Bir kuni teatrda gaplashib o‘tirsak, Elmira Rahimjonova “Yozgi taʼtilda barchangiz Turkiyaga borasiz, mehmon qilaman”, dedi. Quvonib ketib, taʼtil vaqti ilk marta Turkiyaga yo‘l oldik. Ammo hayotim bunchalik o‘zgarib ketishini va u yerda turmush o‘rtog‘im bilan tanishishimni xayolimga ham keltirmagandim. Instagram’ga rasm va videolar joylasam, ijtimoiy tarmoqlarda dugona bo‘lib qolgan qiz xabar yubordi. Va kechki payt uchrashishga kelishib oldik. Uni bo‘lajak turmush o‘rtog‘im tanir ekan. Xullas, dugonalarning uchrashuvi ijtimoiy tarmoqlarga joylangan, turmush o‘rtog‘im men bilan qiziqib qolgan. Bir marta uchrashganmiz va u inson menda iliq taassurot qoldirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda gaplashib, bir-birimizni sinaganmiz, — deydi aktrisa.

    “Avval turk tilini bilmasdim”

    Aktrisa turk tilini unchalik yaxshi bilmagani va o‘rganishida turmush o‘rtog‘ining yordami katta bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Turk tili o‘zbek tiliga o‘xshasa-da, muloqotda uni tushunish qiyinchilik tug‘diradi. Turk tilini uncha yaxshi bilmasdim, “Sekinroq gapiring, anglayolmayapman”, deb ko‘p gapirardim. U tilni o‘rganishim uchun qaysi filmlarni ko‘rishim kerakligin ham aytardi. To‘ydan keyin ham juda qiziq bo‘lgan. Qaynona va qaynotam bilan birga yashardik. To‘g‘risi, baʼzi so‘zlarni bilmaganimdan, ularni xatti-harakatlarim bilan ko‘rsatib berardim. Bir kuni qaynotam bozorlik qilgani ketayotganida “Sabzi olib keling”, deyolmaganman. Nima deb tushuntirishni bilmay, “Quyonlar yeydigan sabzavot”, deganman. Tuxum so‘zini bilmay “Tovuq bosadi-ku”, degan gapim ham ancha kulgiga sabab bo‘lgan, — deydi aktrisa.

    “Vatan xoinisan, deyishgan”

    Aktrisaning turk yigitiga turmushga chiqqani bilan bog‘liq xabar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Baxt tilagan insonlar orasida dilimni og‘ritganlari ham bo‘lgan. “Vatan xoinisan” deyishgani juda og‘ir botgan. Men Turkiyaga oila qurish niyatida bormagandim, kichik sabab meni olis manzilga yetaklab bordi. Hattoki oila qurish taklifini bergani ham kutilmagan voqea bo‘lgan. Oddiy kiyimda borganim uchun uni koyiganman. “Shuncha tayyorgarlik ko‘ribsiz, bir og‘iz aytganingizda chiroyliroq kiyim kiyib kelardim”, deganman, — deydi aktrisa.

    “To‘yim kemada bo‘lishini orzu qilardim”

    Nargiza va Emrahning musulmoncha to‘ylari biroz avval bo‘lib o‘tgandi. Ularning zamonaviy nikoh oqshomi Istanbul shahrida, villada bo‘lib o‘tdi. To‘yda juftlikning yaqinlari va oila aʼzolari ishtirok etdi.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — To‘yim kemada bo‘lishini orzu qilardim, orzum ushaldi. Bu orzumni taqdirimga bitgani uchun Allohimga hamd-u sanolar bo‘lsin!” — deb yozgandi aktrisa Instagram sahifasida.

    “Turmush o‘rtog‘im ‘Bravo’da chiqishimga qarshi bo‘lmagan”

    Oila qurgach aktrisa ijoddan uzildi. To‘yidan roppa-rosa 4 yil o‘tib O‘zbekistonga keldi va “Bravo” kulgi jamoasi bilan birga konsert dasturida ishtirok etdi.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — “Bravo” jamoasini oldindan yaxshi ko‘rib, tomosha qilardim. “Bravo” jamoasiga taklif qilishgani men uchun ham kutilmagan taklif bo‘ldi. Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaxolov telefon qilib, “Shunaqa taklif bor, birgalikda ishlasak nima deysiz?” deyishganida men rozi bo‘ldim. Albatta, bu masalada turmush o‘rtog‘imning fikrini olgan holda, ular rozi bo‘lganlaridan so‘ng, men ham rozilik bildirdim. Bu yil “Bravo”ning yangi konsertida ilk marotaba chiqish qildim.

    Biz tomoshabinning qarsagi, qo‘llab-quvvatlashidan katta energiya olyapmiz. Ular bizni olqishlagani sayin biz xursand bo‘lyapmiz. Teatrda ishlab yurgan vaqtlarimda tomoshabin bizni tushunmasa, esnab o‘tirsa, mehr bilan tomosha qilmasa, kayfiyatimizga taʼsir qilardi. Buni sahnada bildirmasak ham, uyga qaytgandan so‘ng o‘ylab yurardik. “Bravo” jamoasini esa muxlislar juda zo‘r kutib olishdi, — deydi aktrisa.

    “ ‘Mardikor ayol’da chiqqanimdan afsuslanganman”

    Aktrisa “Mardikor ayol” serialida suratga tushganidan afsuslangani va boshqa rejissyorlarning ham taklifidan cho‘chiyotgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — O‘zbekistonga kelganimda bir serialga taklif qilishdi. Aktyorlar orasida xalqimiz ardog‘idagi sanʼatkorlarning borligini bilib, ssenariyning maʼlum bir qismini o‘qib, serialga tushishga rozi bo‘lgandim. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, o‘sha serialga tushganimdan afsuslandim. Chunki montaj va dublyaj ishlaridan umuman qoniqmadim. “Tanaffus qilgan bo‘lsam ham, hech nima yo‘qotmabman”, dedim. Bu gaplarimdan xafa bo‘lishmasin. O‘sha qilgan xatoyim menga tajriba bo‘ldi. Endi yanada yaxshilab o‘ylab, keyin takliflarni qabul qilaman.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    Turkiya kino olamidan menga bir qancha takliflar keldi. Ssenariyni o‘qiganimda, to‘g‘risi, hayratlandim. O‘n yildan buyon sanʼat sohasida yurgan bo‘lsam, ssenariyning bunaqa puxta yozilganini ko‘rmagandim. Ssenariyda qahramoningizning ko‘z rangi, qarashi, bolaligi, bolalikdagi laqabi, bolalikda qandaydir kasal orttirgan bo‘lsa, o‘sha kasallik tarixi, hamma-hammasi to‘liq yozilgan. Rejissor kelib aktyor yoki aktrisaga tushuntirib berishga o‘rin qoldirilmagan. Aktyor ssenariyni o‘qiydi, “bo‘ldi, tayyorman”, deb suratga tushadi. Aktyor yoki aktrisa sochini, kostyumini, rejissordan borib, qahramonining xarakterini so‘ramaydi, u yerda aktyor yoki aktrisa faqat va faqat o‘zining ishini qiladi, — degandi aktrisa.

    “Ajrashganim yo‘q”

    Aktrisaning O‘zbekistonga qaytishini ko‘pchilik oilaviy nizolar, xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani bilan bog‘ladi. Ammo aktrisa muxlislarning hech bir savoliga javob berishni istamadi. “Bravo” jamoasi bilan yakunlangan konsertdan so‘ng u Instagram profiliga Turkiyaga ketayotgani bilan bog‘liq surat joyladi, xolos. Shu yilning 18-aprel kuni aktrisa farzandli bo‘lganini maʼlum qildi. Ammo haligacha farzandi bilan bog‘liq maʼlumotlarni oshkor etgani yo‘q.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    — Yaqin joyga turmushga chiqqan ayol bir oyda bir yoki ikki marta uyiga kelishi, uzoqqa turmushga chiqqanlarni yilda bir oilasini ko‘rgani kelishi normal holat. Bu “ajrashdi” degani emas. Ikkala shahardayam Alloh umr berganicha yashayman va Alloh nasib etganicha san’atni davom ettiraman”, — deydi aktrisa.

    “Shahzoda Muhammedova mendan ranjigan”

    Nargiza Salmonova taqlid sanʼatiga usta. U hamkasblarining ovozini shu qadar o‘xshatadiki, muxlislar ajratolmay qolishadi.

    — Ovozlarni taqlid qilish eng sevimli hobbilarimdan biri. Menimcha, bu ham onamdan o‘tgan bo‘lsa kerak. Ammo taqlid hammaga ham yoqavermaydi. Masalan, yaqin dugonalarimdan biri Shahzoda Muhammedova ovozini taqlid qilganim uchun ranjigan. Hozir ham iltimos qilib so‘rashmasa, taqlid qilmayman, — deydi aktrisa Nargiza Salmonova.

    Foto: Instagram / @nargiza__salmonova

    Aktrisa so‘nggi intervyularining birida turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekistonda tadbirkorlik qilishni rejalashtirayotgani va Toshkentda oilasi bilan yashash niyati borligini maʼlum qilgan.

    05.10.2023, 19:30   Izoh (0)   104374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Nargiza Salmonova ona bo‘ldi, farzand kutayotgan Iroda Ismoilova, unvon ololmayotganidan noligan Kaniza

    27.05.2023, 22:30

    Mohichehra Shomurodova, Nargiza Salmonova va nikoh to‘yi xorijda nishonlangan boshqa o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) 

    17.07.2023, 13:40

    “Toshkentdan kislorod balloni olib keltirdik, ammo ulgurolmadik”. Ozoda Nursaidova shifoxonadagi sharoitsizlik onasining o‘limiga sabab bo‘lgani haqida   

    05.10.2023, 19:14

    “Vaynni ko‘rib yig‘ladim”. Maftuna Shokirova Ozod Shukurullayev bilan ijodini to‘xtatgani va uning yangi partnyoridan xafa bo‘lgani haqida

    05.10.2023, 13:10

    Instagram: Ukasini uylantirgan Ziyoda, oyiga 20 ming topadigan Mo‘min live, Nilufar Usmonova xonadonida bayram

    04.10.2023, 22:15

    Teatrda suflyorlikdan aktyorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va 40 yoshdan keyin omadi kulgan Farhod Abdullayev 66 yoshda (foto)

    04.10.2023, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.