Afg‘onistonning Nyu-Dehlidagi elchixonasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda elchixona X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida eʼlon qildi.
Elchixona yopilishi sabablaridan biri “mezbon hukumat tomonidan muhim yordam” yo‘qligidir.
“Afg‘oniston Islom respublikasining Nyu-Dehlidagi elchixonasi o‘z faoliyatini 2023-yil 1-oktyabrdan to‘xtatish qaroridan afsusda”, — deyiladi bayonotda.
Elchixona Nyu-Dehlidagi ishdan bo‘shatish sabablari sifatida xodimlarning yetishmasligi, shuningdek, “mezbon hukumat tomonidan muhim yordam ko‘rsatilmagani” va “Afg‘oniston manfaatlariga xizmat qilishda umidlarni qondira olmaslik”ni keltirgan.
Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi protokoliga muvofiq, elchixonaning barcha binolari va mol-mulki Hindiston hukumati tasarrufiga o‘tkaziladi.
The Hindu nashrining yozishicha, elchixona yopilishga “Tolibon” vakillarining 2023-yil aprel oyida Dehliga o‘z elchisini tayinlashga urinishi munosabati bilan elchixona xodimlari o‘rtasidagi kelishmovchilik ham sabab bo‘lgan.
Hindiston 2021-yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” hukumatini tan olmadi. AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishini kutib, Hindiston o‘z xodimlarini Kobuldan evakuatsiya qildi va u yerda diplomatik vakolatxonasi yo‘q.
Izoh (0)