• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Germaniya biznesi yetakchilari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan takliflar ma’lum qilindi

    Shavkat Mirziyoyev 29-sentyabr kuni Berlin shahrida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan iqtisodiy forum ishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda Germaniya tomonidan alohida topshiriqlar bo‘yicha federal vazir, Federal Kansler devoni rahbari Volfgang Shmidt, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligi davlat kotibi Udo Filipp, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi raisi Katrina Klaas-Myulxoyzer ishtirok etdi.

    Bundan tashqari, forum ishida “CLAAS”, “Siemens Energy”, “Knauf”, “Linde”, “Papenburg”, “BayWa”, “WILO”, “IPEX-Bank”, “Commerzbank”, “AKA”, “Mangold Consulting”, “Deutsche Bahn”, “DB E.C.O.”, “Euler Hermes”, “Ernst Klett”, “SMS Group”, “Deutsche Bank”, “Evonik Industries”, “John Deere”, “BASF”, “Airbus” kabi Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari qatnashdi. O‘zbekiston yetakchisi bugungi tadbir Germaniya biznesida Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoridagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.

    Investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlik masalalari, yuqori texnologik tarmoqlarda, shuningdek, “yashil” energetika, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, logistika va transport, kadrlar tayyorlash bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

     “Biz sizlar bilan birgalikda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ish olib bormoqdamiz, samarali qo‘shilgan qiymat zanjirlari va minglab yangi ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz. Biz ochiq muloqot uchun yangi maydonlar va doimiy platformalar paydo bo‘lishidan manfaatdormiz”, — dedi prezident.

    Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlar rivojlanib borayotgani qayd etildi. Qo‘shma loyiha va korxonalar soni ikki barobar ko‘paydi.

    “Barchangiz ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirish uchun haqiqatda katta hissa qo‘shyapsiz, loyihalaringiz esa uzoq muddatli muvaffaqiyatli hamkorlikka misol bo‘la oladi. Men buni juda qadrlayman”, — dedi davlat rahbari.

    Mamlakat yetakchisi Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor jihatlariga to‘xtalib, qator istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Bu, eng avvalo, kooperatsiyani rivojlantirish hamda Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishdir. Davlat rahbari xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

    Mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident O‘zbekistonda Germaniya yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori sanoat texnologiyalari bo‘yicha Markaziy Osiyo ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifini bildirdi. Sheriklikning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — “yashil” energetika. O‘zbekiston rahbari muqobil energetikani rivojlantirish borasida germaniyalik hamkorlar bilan muvaffaqiyatli tajriba va istiqbolli kooperatsiya loyihalari borligini ta’kidladi.

    Mintaqa darajasida “yashil” iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirish uchun Germaniya muhandislik-loyihalashtirish markazlari va sanoat xoldinglari bilan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilish taklif etildi. Prezident eng muhim xomashyo resurslari sohasida ularni qayta ishlashga ilg‘or texnologik yechimlarni jalb qilish va sanoat mahsulotlarining eksportini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhimligini qayd etdi. Oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    “Markaziy Osiyo ichki ehtiyojlarni to‘liq ta’minlash va Yevropa mamlakatlariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish uchun zarur salohiyatga ega”, — dedi davlat rahbari.

    Shu ma’noda, mamlakat qishloq va suv xo‘jaligi sohalariga Germaniya kompaniyalarining energiya samarador va raqamli texnologiyalarini jalb qilishga tayyor ekani ta’kidlandi. Oziq-ovqat sohasida qo‘shma mintaqaviy tadbirlar o‘tkazish taklif qilindi.

    Prezident transport va logistika borasidagi hamkorlikka ham to‘xtaldi. Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishlarni rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Transport loyihalarini ekspertiza jihatidan qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniyaning yetakchi tashkilot va kompaniyalari mutaxassislarini jalb qilish taklifi bildirildi.  

    Malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishi sifatida qayd etildi.

    Yakunda davlat rahbari O‘zbekistondagi ishbilarmonlik tashabbuslari va qo‘shma investitsiya loyihalariga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqlab, Markaziy Osiyo Germaniya biznesi uchun katta imkoniyatlar mintaqasi ekanini ta’kidladi.

    29.09.2023, 20:12   Izoh (0)   5171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi 

    29.09.2023, 20:01

    “Tibbiyot, taʼlim muassasalari va bog‘chalarda ichimlik suvi yo‘qligi rivojlanayotgan O‘zbekistonimiz uchun chidab bo‘lmaydigan holat” — deputat Maqsuda Vorisova

    29.09.2023, 19:29

    Prezident Markaziy Osiyo—Germaniya iqtisodiy forumini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

    29.09.2023, 19:00

    Hindistonda Nipah virusidan 2 kishi vafot etdi. O‘zbekistonliklarga mazkur virusdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi

    29.09.2023, 17:55

    Saida Mirziyoyeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi (foto)

    29.09.2023, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya prezidenti bilan uchrashuvida hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi

    29.09.2023, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.