Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston prezidenti global miqyosdagi ishonch inqirozining jahon bozorlariga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan, muqobil savdo-logistika yo‘nalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mamlakatlar ham sezayotganini taʼkidladi. Shu munosabat bilan ishtirokchilarning eʼtibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.
“Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror o‘sishni namoyish etmoqda”, — dedi prezident.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yillarda davlatlar yalpi mahsulotining jami o‘sishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.
Izoh (0)