So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12272
    • RUB 135.56
    • EUR 13345.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +8°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Kitob

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    28 sentabr, 23:40 10385

    “Fivaning yetti dushmani”

    Esingizda bo‘lsa, Sofoklning “Shoh Edip” tragediyasiga yozilgan taqriz taqdim etilgan edi. Sofokl talqinidagi Edip eng mukammali bo‘lgani shubhasiz, ammo Edip vafotidan keyingi voqealarni bayon qilib berishda Esxilda teng keladigani yo‘q. Esxilning “Fivaning yetti dushmani” tragediyasi Edip haqidagi mifdan olib yozilgan trilogiyaning uchinchi qismi bo‘lib, oldingi ikki qismi — “Lay”, “Edip” tragediyalari bizga qadar yetib kelmagan. Yetib kelmagan bo‘lsa, hozirgi “Shoh Edip” nima unda, deydiganlar uchun bu Sofoklga tegishli, aynan Esxil variantidagi Edip asari esa bizgacha saqlanib qolmagan. Umuman olganda, bugungi taqriz “Oresteya” tragediyasi haqida, lekin taqdirdan qochib qutula olmaslik, hech bir jinoyat jazosiz qolmasligi o‘tkir so‘zlar bilan bayon qilingan “Fivaning yetti dushmani” qay bir ma’noda “Oresteya” bilan uyg‘un kelgani uchun u haqda yozib o‘tmasak bo‘lmaydi.

    Voqealarda chalkashlik yuzaga kelmasligi uchun, keling, Edip haqidagi miflarni qisqacha eslab olsak: Xullas, podshoh Lay kohinlarning karomatidan qo‘rqib, o‘zining endigina tug‘ilgan o‘g‘li Edipni xizmatkoriga topshiradi va uni o‘ldirib o‘ligini yirtqich hayvonlarga tashlashni buyuradi. Ammo xizmatkor chaqaloqqa achinib, uni yashirincha boshqa yurt podshohiga eltib beradi. Trilogiyaning birinchi qismi “Lay” tragediyasining mazmuni ana shu voqeadan iboratdir. Edipning begona yurtda o‘sib voyaga yetishi, keyin Fiva shahriga kelib bilmasdan o‘z otasi Layni o‘ldirib qo‘yishi, Fiva xalqiga qilgan xizmatlari tufayli, bu shaharga podshoh bo‘lib ko‘tarilib o‘z onasiga uylanishi, undan bola-chaqa ko‘rishi va nihoyat mudhish qilmishlarini payqab qolib, o‘z ko‘zini o‘yib olishi hamda nobakor o‘g‘illarini qarg‘ab, laʼnatlab darbadar chiqib ketishi. Tragediyaning 2-qismi “Edip” tragediyasiga mavzu bo‘lgan.

    Trilogiyaning 3-qismi “Fivaning yetti dushmani” tragediyasida ana shu qarg‘ishning mudhish oqibatlari ko‘rsatiladi.

    Rostov musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Oresteya” tragediyasi

    Yetti podshoh va yetti darvoza

    Edip o‘lgandan keyin uning katta o‘g‘li Polinik bilan kichik o‘g‘il Etiokl o‘rtasida taxt mojarosi boshlanadi. Bunda Etiokl g‘olib chiqadi va akasini yurtdan badarg‘a qiladi. Quvg‘indi Polinik qo‘shinlari podshohlarning panohida bo‘lib, biroz vaqt o‘tar-o‘tmas olti podshoh bilan til biriktirib Fiva shahriga lashkar tortib keladi. “Fivaning yetti dushmani” tragediyasi afsonaning xuddi ana shu yeridan boshlanadi.

    Asarning kirish qismida Etioklni shahar mudofaasi taraddudida ko‘ramiz. Dushman vaziyatini bilib kelish uchun yuborilgan ayg‘oqchi muhim maʼlumotni olib keladi. Etiokl va ayg‘oqchi o‘rtasidagi suhbat asarning eng muhim o‘rnidir. Ayg‘oqchi shaharning yetti darvozasini yetti podshoh egallaganligini aytib ularning har birini alohida-alohida taʼrif etadi.

    Yettinchi darvozani egallab turgan sardorning taʼrifiga kelganda g‘azabining zo‘ridan Etioklni titroq bosadi. Bu o‘z akasi Polinik edi. Axir tug‘ilib o‘sgan yurtiga qilich yalang‘ochlab kelish o‘ta ketgan xoinlik emasmi? Bunday badkirdor bilan Etioklning o‘zi yakkama-yakka jang qilishga ahd qiladi. Og‘a-inilarning bir-biriga qilich ko‘tarishi naqadar dahshatli fojia ekanligini bilsa-da, Etiokl o‘z maqsadidan qaytmaydi. Jangda ikkala aka-uka ham o‘ladi. Shunday qilib taqdirning xohishi ijobat bo‘ladi, qarg‘ish urgan Lay xonadoni batamom qirilib bitadi. Asar ham mana shu joyda tugaydi.

    Taqdir jinoyat va jazo masalalari Esxilning bizga qadar to‘liq yetib kelgan “Oresteya” trilogiyasida yanada chuqurroq talqin etilgan. Bu asarda shoir mudhish jinoyatlarning sababchisi bo‘lgan Atrey avlodlari haqida hikoya qiladi. Yunon afsonalariga qaraganda Atrey o‘z og‘asi Fiyestdan o‘ch olish maqsadida uning bolalarini o‘ldirib, go‘shtlarini bildirmasdan otalariga yediradi. Shundan keyin bu mudhish jinoyatning kasri Atrey avlodlariga urib, o‘shandan beri ular orasida uzluksiz urush bo‘lib keladi, Atreyning o‘g‘li Agamemnon o‘z qizi Ifigeniyani maʼbudlarga qurbon qiladi. Agamemnonning xotini Klitemnestro Fiyestning tirik qolgan o‘g‘li Egisf yordami bilan erini o‘ldiradi. Agamemnonning o‘g‘li Orest otasining xunini olib, o‘z onasi va Egisfni o‘ldiradi.

    Rostov musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Oresteya” tragediyasi

    “Agamemnon”

    Trilogiyaning birinchi qismi “Agamemnon” tragediyasidir. Bu asar Klitemnestra jinoyatlariga bag‘ishlangan. Asar voqeasi Argos shahrida, Agamemnon saroyi oldida boshlanadi. Egey dengizidagi orollarning tog‘ cho‘qqilarida gulxan yoqilib Troyaning tor-mor etilganini Yunon aholisiga bildirishadi. Xor ahli Troya urushi qahramonlarini madh etib, qo‘shiq aytishadi, avvalo Ifigeniyaning qurbon qilinishini va barcha shahid ketganlarni eslashib qo‘shiq aytishadi. Zevs shaʼniga rahmatnomalar, Parisning nomardliklari, maʼbudlarning nobakorni to‘g‘ri jazolaganligi, Zevsning ulug‘ adolatini, haqiqatning oyoq osti bo‘lmasligini tarannum etadi. Shu bilan birga xor qo‘shiqlari bir xotinni deb qirilgan jonlar, otasiz qolgan bolalar, erlaridan ayrilgan beva-bechoralar, yetim-yesirlarning qonli ko‘z yoshlariga kim aybdor? Bular hammasi Atrey bolalarining gunohi edi. O‘z manfaatlari yo‘lida son-sanoqsiz odamlarni qurbon qilgan mag‘rur bandalar bir kun kelib mudhish qilmishlari uchun og‘ir intiqomga giriftor bo‘lmasmikanlar?!

    Shular haqida xor kuylab turganida o‘zining asirasi podshoh Priamning qizi Kassandra bilan birga zafar aravasida Agamemnon kirib keladi, podshoh o‘z saroyiga qadam qo‘yishi bilan xorni tashvishli, vahimali ovozi kuchayadi, bu esa Kassandrani ham bir mudhish xabardan ogoh etayotgandek edi. Agamemnon safarga ketganida eriga xiyonat qilib, Egisfni o‘ynash tutgan Klitemnestra ming xil hiyla, noz-istig‘no bilan Agamemnonni saroyga boshlaydi. Birpasdan keyin saroydan podshohning faryodi eshitiladi, sal o‘tmay qo‘lida qonga belangan bolta ushlagan Klitemnestra paydo bo‘ladi, ochiq qolgan saroyning eshigidan Agamemnon va Kassandraning o‘ligi ko‘rinadi. Qotila shahar aholisi fikr-istaklari ifodasi bo‘lgan xor oldida o‘zining jinoyatini yashirmaydi, qilmishidan pushaymon ham bo‘lmaydi, bu o‘lim o‘z bolasining (Ifigeniya) joniga achinmasdan uni qurbon qilgan otaning eng halol qismatidir. Klitemnestra aholining intiqom olishidan ham qo‘rqmaydi. Bir kun kelib Agamemnonning quvg‘indi o‘g‘li Orest qotillardan otasining xunini muqarrar olajagini Klitemnestra va Egisfga eslatib, xor ahli chiqib ketadi va shu bilan tragediya nihoyasiga yetadi.

    Rostov musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Oresteya” tragediyasi

    Orest

    Asar boshlanishi bilan biz Orestni qabristonda Agamemnon sag‘anasi ustida ko‘ramiz, u do‘sti Pilad bilan birga otasining qabrini ziyorat qilib, uning ruhidan madad so‘rab kelgan. Shu kechasi Klitemnestra ham mudhish tush ko‘radi va erta tongda qizi bilan xorchi xotinlarni marhum erining qabriga duo o‘qib, ruhini tinchlantirish uchun yuboradi. Orest singlisiga o‘zini tanishtiradi va qasos olish rejalarini birgalikda tuzadi. Orest eski kiyimlar kiyib, do‘sti bilan birga saroyga kelib Orestning o‘lganini, bu xabarni bir o‘tkinchidan eshitganini aytadi. Bu xushxabardan shodlangan Klitemnestra darhol Egisfga odam yuboradi. Egisf bu xushxabarni o‘tkinchining o‘z og‘zidan eshitish ishtiyoqida shoshib-pishib eshikdan kirib kelishi bilan ikkala do‘st unga xanjar sanchadilar. Klitemnestra xato qilganligini anglab, o‘g‘lining oyog‘iga yiqilib yolvoradi. Bergan sutini pisanda qiladi. Orest anchagina bo‘shashib qoladi, ammo Piladning daldasi bilan u yana o‘ziga kelib, onasini saroy ichiga olib kiradi. Bir vaqtlar Agamemnon va Kassandra o‘ligi yotgan vannada endi Egisf va Klitemnestraning o‘ligi yotardi. Orest qasos burchini ado etib, vasvasaga tushib qoladi, ko‘ziga intiqom maʼbudalari ko‘rina boshlaydi, yigit ularning taʼqibidan qutilish maqsadida panoh istab Apollon ibodatxonasiga yuguradi.

    O‘z onasini o‘ldirgach, Orest qalbida qo‘zg‘algan vijdon azoblari va qotilning gunohi atrofida boshlangan maʼbudlarning kurashi trilogiyaning uchinchi qismi “Evmenidalar” tragediyasida tasvirlangan.

    Rostov musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Oresteya” tragediyasi

    “Evmenidalar”

    Apollon Orestga Afina shahriga borib, maʼbuda Afinadan najot tilashni maslahat beradi. Keyingi voqealar Akropol qalʼasiga ko‘chiriladi. Afinaning tashabbusi bilan bu yerda maxsus sud mahkamasi — Areopag taʼsis etiladi va maʼbudlarning rahbarligida Afinaning mo‘tabar kishilaridan tuzilgan sud hayʼati o‘z ishini boshlaydi. Eriniyalar Orestni qoralab o‘z onasining qonini to‘kkanligi uchun uni qattiq jazolashni talab etadi.

    Orest barcha gunohlarini bo‘yniga olib, buni yolg‘iz Apollon amri bilan bajarganligini aytadi. Orestni esa shu ondan Apollon o‘z himoyasiga oladi va onasining barcha kirdikorlarini ochib tashlaydi va Orestning oqlanishini talab etadi. Har ikkala tomon eshitilgach, sud hayʼati ovoz beradi, ikkala tomon ham teng ovozga ega bo‘ladi, faqat Afinaning ovozi bilan tarozi pallasi Orest tomonga o‘tadi. Sud oqibatidan, ayniqsa, Afinaning himmatidan behad shodlangan Orest chuqur minnatdorchilik izhor etib, o‘z yurti Argos va uning aholisi nomidan o‘la-o‘lguncha Afina bilan totuv yashashga, hech qachon uning boshiga yaroq ko‘tarib kelmaslikka vaʼda beradi. Biroq sud natijalari Eriniyalarni qanoatlantirmaydi, ular o‘z huquqlarining poymol etilganligidan qattiq ranjishadi.

    Foto: Pinterest

    Afina Eriniyalarga atab Arey tepaligida maxsus ibodatxona solinajagini va bundan keyin ularni qasoskor erinid maʼbudalari sifatida emas, balki lutf-u shafqat, muruvvat sohibalari — Evmenid maʼbudalari sifatida aholi tomonidan yana ortiqroq hurmatlanishlarini vaʼda qilib ko‘ngillarini ko‘taradi. Asarga Evmenidalar deb nom berilishining maʼnosi ham ana shunda.

    Umuman, Esxil asarlari yunon tragediyasini kamolot bosqichiga olib chiqishda Sofoklning tragediyalari kabi muhim va olamshumul ahamiyat kasb etdi. Esxil asarlarining rangdorligi, odamparvar mazmuni, insoniylik tuyg‘ularining tarannum etilishi, jaholat qoralanishi, noyob badiiy ko‘rki uning hamda u bitgan asarlarning abadiy barhayotligini ta’minladi.

    Azizbek Yusupov

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Mavzuga doir

    Odam bolasining og‘ir qismatiga, Yer yuzidagi zulm va adolatsizliklarga qarshi chinakam isyon “Zanjirband Prometey” tragediyasi haqida

    7 sentabr, 07:20

    “Edip kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bir kuni ular portlaydi…” — “Shoh Edip” asari haqida

    14 sentabr, 22:25

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    26 sentabr, 23:00
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mahalla odamlaridan, xalqdan uyalib ketdim” — Qashqadaryo hokimi

    Bugun, 00:05

    Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

    Kecha, 23:55

    “Salimboy” qo‘lga olindi. IIBB ma’lumotlarni ochiqladi

    Kecha, 23:45

    Isroil hujumi oqibatida G‘azoda o‘lganlar soni 16 mingdan oshib ketdi

    Kecha, 23:40

    “Har biringiz qahramon, fidoyisiz”. Qarshi tumani hokimi tadbirkorlar bilan muloqot qildi

    Kecha, 23:30

    Rossiyada migrantlar ommaviy mushtlashdi (video)

    Kecha, 23:15

    Rangi o‘zgargan sariq taksilar, qorga ko‘milgan aeroport, Isroil tanklari kolonnasi — 5-dekabr suratlari

    Kecha, 22:50

    Maksim Shatskix: “Asosiy tarkibga zo‘rg‘a 11 nafar futbolchi yig‘dik”

    Kecha, 22:44

    Farg‘ona aeroporti yopilayotgani haqida xabarlar tarqaldi

    Kecha, 22:40

    Lionel Messi: “Yozda “Barselona”ga qaytmoqchi edim”

    Kecha, 22:34

    Tavsiya etamiz

    Hokim tadbirkorni qamatishga topshiriq berganmidi? Termiz shahri hokimi javob berdi

    23:00 / 04.12.2023

    Tuya mingan Santa Klaus, ovqatga navbat talashayotganlar, “jang qilayotgan” tarix ishqibozlari — 4-dekabr suratlari

    23:00 / 04.12.2023

    Rangi o‘zgargan sariq taksilar, qorga ko‘milgan aeroport, Isroil tanklari kolonnasi — 5-dekabr suratlari

    22:00 / 05.12.2023

    Qatl qilingan ukrainalik askar, qayta boshlangan hujum, ozod qilingan garovdagilar — hafta suratlari

    23:00 / 02.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.