• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida

    “Bu yerga kelgunimcha menda ko‘ngil borligini bilmagan ekanman…”

    Buyuk faylasuf Fridrix Nitsshe “Zardo‘sht tavallosi”da qadimiy Sharq ilmidan bahramand bo‘lgan G‘arb mutafakkiri sifatida tafakkur maydoniga keladi: “Zardo‘sht tavallosi”da u Zardo‘sht bilan suhbat quradi, uni o‘zida, o‘zini esa uning siymosida ko‘radi. Uning tasavvuridagi Zardo‘sht real hayotdan, insoniyat olamini o‘rab olgan tabiatdan, borliqdan ayro emas, balki uning ajralmas bir bo‘lagi, tarkibiy bir qismi, borliqning cheksiz-chegarasiz, tag-tubi noma’lum dengiziga sho‘ng‘ib, unda erkin suza olgan, tubidan hikmat javohirlarini qo‘lga kirita olgan A’lo odamdir.

    Fridrix Nitsshe Telba obrazi bilan alg‘ov-dalg‘ov tushlar ko‘rayotgan G‘arbning XX asr insonini hushyorlikka da’vat etdi; tafakkursizlikning loyqa daryosida xas-xashakdek shiddat bilan oqib ketayotgan olomonga yordam qo‘lini cho‘zgan, kibr-u havo, nafs va zo‘ravonlik zulmatlari qoplagan G‘arb osmonini ko‘hna donishmand Zardo‘sht tafakkuri bilan charog‘on etmoqchi bo‘ldi.

    Foto: “Storytel”

    U o‘zining “Fojianing musiqa ruhidan tug‘ilishi”, “Insonga xos, haddan tashqari insonga xos”, “Yo‘lovchi va uning soyasi”, “Quvnoq bilimlar”, “Achchiq hikmat”, “Yaxshilik va yomonlikning narigi tarafida”, “Axloqning kelib chiqishi”, “Sanamlarning oqshomi”, “Antixrist” kabi asarlari bilan avval Yevropani, keyinchalik Osiyoni hayratga soldi. Ammo Sharqda Mansur Halloj, Umar Xayyom, Nasimiy va Mashrabga bo‘lgan munosabat o‘ta ziddiyatli bo‘lib kelganidek, G‘arbda Nitsshega bo‘lgan munosabat ham doimo ayqash-uyqash, telba-teskari bo‘lib keldi.

    Jumladan, absurd va isyonkor odam falsafasini oldinga surgan XX asr mashhur fransuz ekzistensialisti Alber Kamyu “Isyonkor odam” asari ustida ishlash jarayonida shunday degan edi: “Yevropaning yovuz daholari nomini olgan faylasuflar bor, ularni Gegel, Marks va Nitsshe deyishadi… Biz ularning Yevropasida, ular yaratgan Yevropada yashayapmiz”. Kamyuning Nitsshega bo‘lgan salbiy munosabati keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgaradi va u o‘zining mashhur asarlaridan biri — “Sizif haqida asotir”ini ma’lum darajada Nitsshe qarashlari ta’siri ostida yaratadi. Keling, o‘sha betakror asarning mag‘zini chaqishga urinib ko‘ramiz, agar eplolmasak, hech bo‘lmasa, mag‘zini chaqishga harakat qilgan olimlarning shaxsiy tahlillarini ko‘zdan kechiramiz.

    Foto: “Stylus”

    A’lo odam

    Nitsshe “Zardo‘sht tavallo”sida “o‘zini insoniyat imkoniyatlari chegarasidan tashqariga chiqqan ongni o‘zida mujassamlashtirgan Zardo‘sht bilan tenglashtirgan”. U insoniyat va hayotga dushman bo‘lgan narsalar, kimsalarni yo‘q qilishga, yo‘qqa chiqarishga tayyor turuvchi, najotkor, qudratli, matonatli, fidokor inson ideali — A’lo inson timsolini yaratishga intiladi. Nitsshe fikricha, A’lo odam zaminning mazmuni. O‘zi Zardo‘sht kim? O‘sha biz bilgan tarixdagi Zardo‘shtmi, yoki boshqa? Gap shundagi, Nitsshening A’lo Odami — kayhoniy odam. Unda biz ham “Avesto”da ulug‘langan Inson, ham tasavvuf allomalari tasavvur etgan Komil Inson timsolini ko‘ramiz. Xullas, o‘sha Zardo‘shtda Oliy Insonning zardushtiylik va islom falsafiy tafakkuridagi timsollarining bir-biriga qorishib ketgan holati mavjud va biz, o‘qirmanlarga aynan shu holat kerak.

    Asarni hijjalab o‘qigan odam asar uslubida Zardo‘sht bilan Nitsshening tengligi yaqqol ko‘zga tashlanishini payqaydi. Darhaqiqat, muallif ilohiy shaxs bilan o‘zini teng qo‘yadi, o‘zaro muloqotda bo‘ladi, ko‘p hollarda Zardo‘sht nomidan gapiradi, Zardo‘sht g‘oyalarini o‘zining qalb kechinmalari bilan sintezlashtiradi. Garchi, ular tug‘ilgan makon turli mintaqalarda joylashgan, juda ulkan, mahobatli tarixiy davr ularni ajratib turgan bo‘lsa-da, qarashlar uyg‘unligi favqulodda hodisa sifatida, ayni paytda o‘ta tabiiy holatda yuzaga keladi.

    Bu shu darajada tabiiy, shu darajada musaffo va go‘zalki, uni bir-biridan ajratishga intilish yoki bir-biridan ayro holda tushunish jiddiy xatolikka olib keladi. Asarda muallif Zardo‘sht bilan zamondoshday, yaqin do‘stday yonma-yon turib gaplashadi. O‘zining g‘oyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Zardo‘sht orqali tushuntirishga harakat qiladi va bunga o‘ta tabiiylik bilan erishadi. Nitsshe boshqa yevropalik donishmandlardan farqli tarzda yonib, shavq-u zavqqa to‘lib yozadi, unda keskin va yorqin ranglar juda ko‘p. U har qanday og‘ir, zalvorli fikrni, aqlni ostin-ustun qilib yuboradigan gapni jo‘shqin hissiyot va qaynoq ehtiros bilan yo‘g‘rilgan holda bayon etadi, bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sharq fenomeniga murojaat qilar ekan, uning olamida yashaydi. O‘zini o‘zi tanlagan, ixlos qo‘ygan Zardo‘sht timsolida ko‘radi. Shuning uchun Nitsshening uslubi “Avesto” matnlarining uslubiga juda o‘xshaydi, yaqin turadi.

    Foto: Google Images

    “Xudo o‘ldi!” iborasiga sharh

    Nitsshening “Xudo o‘ldi”, degan mashhur iborasini Nitsshega qiziqqan har bir o‘quvchi biladi, ammo sharhlay olmaydi. Tafakkur qilishga erinib, Nitssheni shunchaki telba dahriyga chiqarib qo‘yadi. Ammo bu ikki og‘izli gap ortidagi ma’no shu qadar teranki, hayratlanmay iloj yo‘q. Nitsshe “Xudo o‘ldi” iborasini birinchi marta “Zardo‘sht tavallosi”ni yozmasidan oldin, “Quvnoq bilimlar” asarida qo‘llagan. Unda shunday keltiriladi:

    “Kuppa-kunduz kuni chiroq yoqib, bozormaydonda tentiragancha: “Xudoni qidiryapman! Xudo qayerda?” — deya tinimsiz qichqirgan telba haqida eshitganmisiz? Uning atrofida to‘planganlarning ko‘pi dahriylar bo‘lib, telbani mayna qilishardi. Xudoni yo‘qotib qo‘ydingmi? — so‘radi ulardan biri. Xudo yosh boladay bo‘lsa, adashib qolgandir-da, — so‘z qotdi boshqasi. Balki berkinib olgandir? Yoki bizdan qo‘rqyaptimikan? Suvga tushib, cho‘kib ketgan bo‘lsa-chi? Yo ko‘chib ketdimikan? — usti-ustiga sharaqlab kulishardi. Shu payt telba to‘planganlar orasiga otilib kirdi-da, ko‘zini chaqchaytirib hammasiga bir-bir qaray boshladi. “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik – siz va men! Biz uning qotilimiz!”

    Ilk o‘rta asrlar Musulmon Sharqida Mansur Hallojning islom olamini larzaga keltirgan “Anal-Haq” degan hayqirig‘ini eslatadigan ushbu ta’bir ham o‘z navbatida noan’anaviy, quloqqa erish tuyuladigan, iymon-e’tiqod ahli uchun kufrdan o‘zga narsa emas edi. Olomon bu so‘zni aytgan odamning fikrini taftish qilmay, shunchaki dorga tortishni ma’qul ko‘rishgan. Bu ibora ham necha-necha dashnomlardan omon chiqmagan deysiz, albatta juda xunuk so‘z, lekin biz uning ortidagi achchiq haqiqatga yuzma-yuz kelishni o‘rganishimiz, bu so‘zni rad etgandan foydaliroq.

    Bu ibora xususida o‘zbek olimi Narzulla Jo‘rayev o‘ziga xos talqinini qiladi: “Bu bilan Nitsshe, birinchidan, insoniyat hali barkamol emas, u hali tarbiyaga ehtiyoj sezmoqda. Odamlarda E’tiqod, Iymon, Adolat, Haqiqat tuyg‘ulari zaif. Aksincha, razolat, qabohat, munofiqlik va e’tiqodsizlik inson qonida ko‘pirmoqda, demoqchi. Ikkinchidan, telba voqeasi Nitsshe falsafasidagi Oliy odam tushunchasining o‘ziga xos, betakror ifodasi. Bu g‘oyatda og‘ir, iztirobli ruhiy holat. Kishini chuqur o‘ylashga, fikrlashga da’vat etadigan, inson haqidagi tasavvurlarni ostin-ustun qiladigan, qalbingni larzaga solib, hissiy bo‘hronlar va ruhiy to‘fonlar uyg‘otadigan dramatizm. Balki fojiadir! “Xudo o‘ldi!” deyishning o‘zi qanchalar og‘ir. Biroq, Xudo bilan bandasi, Oliy xilqat bilan insoniyat o‘rtasidagi masofa odamlarning chek­langan dunyoqarashi, murakkab fe’l-atvori, sust e’tiqodi, noto‘kis axloqiy va ma’naviy darajasi tufayli ancha uzoqlashib ketmayaptimikan?”

    Foto: Google Images

    Mutlaq haq gapni aytgan. To‘g‘ri, bir qarashda “Xudo o‘ldi!” so‘zi dahriylikdan boshqa sifatni yetaklab kelmaydi. Ammo, e’tibor bergan bo‘lsangiz, bu so‘zni aytayotgan Telbaning yonida undan-da dahriyroq kimsalar Xudoni masxaralab turishibdi. Nitsshe bu bilan nima demoqchi? U dahriy bir faylasufmi? Olimimiz bunga ham o‘z fikrini bildiradi: “Umuman olganda, telba qanday odam? U Nitsshe tasavvurida rostdan ham aqli zaif odammi? Balki bunday emasdir. Chunki u hayratomuz darajada, tasavvurga sig‘maydigan holatda Oliy haqiqatni izlayapti, jamiyatdan, atrofdagi odamlardan nafratlanyapti. Ularning Oliy haqiqatdan uzoqlashayotganidan darg‘azab. Uni yo‘qotib, aniqrog‘i, unutib qo‘ygan kishilik olamining bedavoligidan iztirob chekyapti…”

    Demak, bu yerda Telba — hushyor aql va bedor qalb timsoli. Aslida, uning atrofidagi odamlar – haqiqiy telbalar, haqiqiy dahriylar uning atrofidagi masxarabozlar galasi. Bu bilan Telba, ya’ni Nitsshening A’lo Odami aytmoqchi: insoniylik o‘ldi! O‘lgan insoniyatda Xudo bo‘ladimi? Axir Xudoning mavjudligini anglaydigan, tasdiqlaydigan mavjudot ham insonning o‘zi-ku! Qalbi, ong-u shuuri, fikri o‘lib bo‘lgan insonda, albatta, Xudo ham mavjud bo‘lmaydi!

    Tafakkur g‘alayoni

    Nitsshening Telbasi e’tiqodsizlikka dosh berolmay hayqiradi, nafs, shahvat, mol-dunyo, kibr-havo, tafakkursizlik, ongsizlik, jaholat, zo‘ravonlik botqog‘iga botgan, insoniy qiyofasini yo‘qotib bo‘lgan kimsalarni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchi, ularni insof-diyonatga chaqirmoqchi bo‘ladi.

    O‘sha A’lo odam G‘arbda tafakkur quyoshining botib borayotgani, falsafa mash’alining so‘nib borayotganini butun vujudi bilan anglagan, idrok etgan va bundan qattiq iztirob va dahshatga tushgan odam. Bu odam bugungi davrda ham ogohlik bongini urib yuribdi. Nitsshening Telbasi – isyonga to‘yingan odam. Ammo bu isyon dahriylikka yo‘g‘rilmagan, bu isyon — tafakkur g‘alayoni, o‘z-o‘zini rad etayotib, o‘zligini tasdiqlayotgan aql egasining isyoni.

    Foto: “Stylus”

     

    Nitsshe tavallosi

    Albatta hammamiz Mutlaq Vujudning borliqdagi jilvasini mushohada etolmaydigan, ilohiy ishq jazbasidan xoli, Insonning go‘zal va ayni paytda ziddiyatlarga to‘la botin olamidan bexabar, so‘qir, his-harakatsiz, ishq-muhabbatsiz, Gyote aytganidek, quruq aljirashlardan iborat bo‘lgan, olam va odam mohiyatini anglashga ojiz falsafani rad etamiz. Lekin bu Telbada ishq yo‘q deb kim ayta oladi? Kim uni aqldan mosuvo deb ayta oladi?

    Nitsshening “Zardo‘sht tavallosi” aslida Zardo‘shtning emas, balki Nitsshening tavallolari, o‘z-o‘ziga nisbatan isyonlari, bir umr uning ichini kemirib yurgan ko‘ngil g‘alayonlari va dard-u hasratlaridir. Bu hasratlar ichida hayot va o‘lim bahsi alohida o‘rin tutadi. Nitsshe lazzatbaxsh lahzalarga asir bo‘lmaslikni, aldoqchi zohiriy go‘zalliklarga giriftor bo‘lmaslikni tavsiya etadi, nafsga berilmay yashashni oliy baxt deb ataydi, hayot va iroda tushunchalari uyg‘un narsa ekanligini bot-bot takrorlaydi.

    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, chinakam insoniy hayotni arzon kiyim-kechaklar sotiladigan bozorlarda deb tasavvur qiladigan, ma’rifat ahli ustidan kulib, ularni telba, ovsar, esi past deb ataydigan, insoniy qiyofasini yo‘qotib, jaholat va razolat botqog‘iga botib ketgan, butun yaylovni o‘zimniki, deb o‘ylaydigan sigirga o‘xshab tinmay kavshash vasvasasiga tushgan ma’naviy qashshoq kimsalar bugun ham “Xudo o‘ldi!” degan chaqiriqqa, yo‘g‘-e, hozir shu yerda edi-ku, degan ahmoqona javobni beraverishadi. Unday odamlarni hech bir davr yo‘q qilolmaydi, ammo ularning safida bo‘lmaslik uchun kurashga kirish doimo eng maqbul yechim bo‘lgan. Bu ayovsiz kurashda esa Nitsshening donishmandligi sizga sira ham zarar qilmaydi.

    Nitsshedan iqtiboslar

    • Agarda siz hayotga ko‘proq ishonganingizda edi, unda siz lahzalarga o‘zingizni kamroq bag‘ishlagan bo‘lardingiz… Har tomondan o‘limni targ‘ib qiluvchilarning saslari eshitilmoqda; yer ham o‘limni targ‘ib qilishi kerak bo‘lganlar bilan to‘ldi.
    • Men uchun eng oliy baxt shundaki, hayotga tili osilgan itday emas, balki hirs-u havoga berilmay qarashdir.
    • Faqat hayot bor yerdagina iroda ham bor; lekin bu hayotga iroda emas, biroq — senga shunday o‘rgatganman — bu hukm surish irodasidir! Hayotning o‘zidan ko‘ra undan yuqorida yashash ko‘proq qadrlanadi.
    • Sen o‘z-o‘zingni o‘ldirishing kerak! Sen o‘zingni o‘zingdan o‘g‘irlashing kerak!
    • Mana ular, xuddi vahshiy hayvon monand tasqaralar, ularning hirs-u havo yoxud o‘z-o‘zini o‘ldirishdan o‘zga yo‘llari yo‘q… Bu tasqaralar hali odam bo‘lib ulgurgan emaslar; mayli, ularga hayotni nafrat deb targ‘ib qilsalar qilaversinlar va o‘zlari jo‘nab ketaversinlar! Ularning yuraklari sil: tug‘ilar-tug‘ilmas ular jon taslim qila boshlarlar va ular horg‘inlik hamda murtadlikka mukka keturlar…

    Azizbek Yusupov

    26.09.2023, 23:00   Izoh (0)   32070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bugun onam o‘ldi. Yo kechamikan, bilmayman…” — “Begona” asari haqida

    01.07.2023, 17:05

    “Istalgan tilak uchun umring bilan tovon to‘laysan — qancha ko‘p xohlasang, hayoting shuncha qisqarib boraveradi…” “Sag‘ri teri tilsimi” romani haqida

    12.07.2023, 23:41

    Odam bolasining og‘ir qismatiga, Yer yuzidagi zulm va adolatsizliklarga qarshi chinakam isyon “Zanjirband Prometey” tragediyasi haqida

    07.09.2023, 07:20

    “Odamlar doimo eng yaxshi ko‘rgan narsalarini vayron qiladi…” — “Alkimyogar” asari haqida

    20.09.2023, 22:16

    “Edip kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bir kuni ular portlaydi…” — “Shoh Edip” asari haqida

    14.09.2023, 22:25

    “U — soddadil Suqrot — zulmat qo‘ynida o‘z zaharini tomchima-tomchi ichadi. U toptalgan farishta, xo‘rlangan halol odam”. “Sezar Biroto” romani haqida 

    12.09.2023, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Afg‘onistonda hayit bayramlari tinchlik va osoyishtalikda nishonlanishi katta voqea” — Abdulqodir Halimiy

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:14

    O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:50

    Qashqadaryodagi masjid AQSH granti ko‘magida restavratsiya qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 12:16

    O‘smirligida masxara qilingan, depressiyadan qiynalgan, hatto joniga qasd qilishga uringan: ko‘p farzandli ona Anjelina Joli 50 yoshda

    Kino | 7 iyun, 11:43

    O‘zbekistonda uy-joylar asl narxidan 17 foiz qimmatligi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 11:16

    Tramp Germaniyaga rus gazi o‘rniga Amerikanikini taklif qildi

    Dunyo | 7 iyun, 11:05

    Bir soatga ham yetmaydi: atir ifori uzoq saqlanmasligiga 4 ta sabab

    Ayollar sahifasi | 7 iyun, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.