• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Istalgan tilak uchun umring bilan tovon to‘laysan — qancha ko‘p xohlasang, hayoting shuncha qisqarib boraveradi…” “Sag‘ri teri tilsimi” romani haqida

    Don Korleonedan Rafaelga qadar

    Balzak asarlariga mukkasidan ketishim Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota” asari bilan bevosita bog‘liq. Asarga epigraf qilib, Balzakning quyidagi so‘zlari olingan: “Har qanday katta boylik ortida jinoyat yashiringan bo‘ladi”. To‘g‘ri, bir qarashda hech qanday alohidalik yo‘q. Lekin hamma gap ushbu hikmatning alohida emasligida. Ulkan boylik ortida, albatta, jinoyat, katta pora yotishini va aynan bizda bu hodisalarning sodir bo‘lishi tabiiy qabul qilinib bo‘lganligi sabab ham shu aforizm menga qattiq ta’sir qilgan.

    Qahvaxo‘r amakining “Gorio ota”, “Dahriyning ibodati”, “Gobsek” kabi realizmning shafqatsiz po‘rtanalari bilan sug‘orilgan og‘ir asarlaridan keyin, ochig‘i yana bitta kattaroq romanini o‘qishga majol topa olmayotgan edim. Lekin “Sag‘ri teri tilsimi” mutolaasidan so‘ng, Balzakdek realist ham mistikaga murojaat qilganini hamda uni reallik bilan omuxtalashtirib, o‘ziga xos tarzda ifodalay olganiga qoyil qoldim. Umuman olganda, Balzak asarlarida sudxo‘rlik va raqobat, moliyachi nayrangbozlar, mulk uchun, oltin uchun kurashib tubanlik botqog‘iga botgan korchalonlar, turli toifadagi odamlar qiyofasi gavdalanadi.

    Masalan, burjua ideologiyasi, pulga va oltinga sig‘inish odatining 19-asr Fransiyasi shaharlaridan eng olis viloyatlarigacha yetib borib, eng sofdil kishilarni ham baxtsiz etayotganini yozuvchi “Yevgeniya Grande” romanida tasvirlar ekan, bunday hayot ustidan chiqargan hukmning obrazlar orqali ifodalashdan tashqari “bu burjua zamoni fojiasidir, unda zahar yo‘q, xanjar ishtirok etmaydi, ammo bu fojia unda ishtirok etuvchi uchun mashhur Atridlar oilasida bo‘lib o‘tgan barcha dramalardan ham beshafqatroqdir” degan ta’rifni qo‘shimcha qiladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Asar haqida ikki og‘iz

    Romanning birinchi nashri Parijda 1831-yilning avgust oyida muallifning kirish so‘zi bilan ikki kitobda bosilib chiqqan. Balzak “Sag‘ri teri”dan ayrim parchalarni vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilgan. 1830-yilning dekabrida “Karikatura” jurnalida qimorxona sahnasi (romanning boshlanishi) “So‘nggi napoleondor” nomi bilan chop etildi. Balzak hayotligida “Sag‘ri teri tilsimi” yetti marta nashr etilgan.

    Muallif ushbu romanini 1845-yilda “Insoniyat komediyasi” (“Falsafiy etyudlar”) birinchi nashrining 14-tomiga kiritgan.

    Balzak asariga o‘ziga xos tasviriy epigrafni ilova qilgan. Bu epigraf 18-asr yozuvchisi L. Sternning “Jentlmen Trestram Shendining hayoti va mulohazalari” romanidan olingan. Stern romani qahramonlaridan biri, kapral Trim hassasining uchi bilan xuddi shunday to‘lqinsimon (faqat tikka) shaklda chizadi. Bu bilan u inson hayoti haqidagi mulohazasini bildiradi.

    “Sag‘ri teri tilsimi” romanining o‘ziga xosligi uning uchta alohida qismga bo‘linganligi va bir vaqtning o‘zida bu qismlar bir-biriga bog‘liqligida. Birinchi qism “Tilsim” realizm hamda fantastika unsurlarini o‘zida birlashtiradi, bu bobni qora bo‘yoqlar bilan chaplangan romantik ertak desak ham bo‘ladi. Bunda hayot va o‘lim, o‘yin (pul uchun), san’at, sevgi, erkinlik mavzulari ko‘tarilgan. Ikkinchi qism “Toshyurak qiz” — bu Balzak psixologizmi bilan singdirilgan nihoyatda realistik rivoyat. Bu yerda biz haqiqat oldidagi yolg‘on his-tuyg‘ular, ijod, inson umri haqida o‘qiymiz. Eng so‘nggi qism “Talvasa”da esa tiyiqsiz g‘azab, tushovlanmagan tuyg‘ularga, to‘kis baxt hamda sevgilisining qo‘lida jon beradigan adoqsiz qayg‘uga birdek joy bor.

    Sujet va tahlil

    Sujet sag‘ri terisi bilan bog‘liq tilsim hodisasiga asoslangan. Sag‘ri terisi deb qadimiy Eron hududlarida yashagan yovvoyi eshaklarning g‘ayrioddiy zotinning terisiga nisbatan aytilgan. Terining orqa tarafida sanskrit yozuvida (aslida, qadimiy arab yozuvida) shunday yozilgan bo‘ladi: “Ista va istaklaring bir zumdayoq amalga oshadi. Ammo tilaklaringni o‘z umring qarichi bilan o‘lchashingni unutma. Har bir tilakdan so‘ng umring kabi qisqarib boraveraman. Istasang, mendan foydalan!”

    Rafael chorasizlikka bo‘kkan qashshoqlik chohidan, u yerdagi qorong‘ilikdan xalos bo‘lishni istab yurgan payt bu talisman berayotgan taklif unga naqd jannatga chipta yutib olgandek ta’sir qiladi va ko‘p buyuk asarlarda qarg‘algani kabi inson nafsi uchun tag‘in iblisga o‘z qalbini sotadi!

    Do‘kondagi munkillagan sotuvchi sen shayton bilan ulkan bitim tuzding, deganida unchalik fahmiga yetib bormagan Rafael birinchi va halokatli tilakni aytadi va talismanni (tumor) oladi. Ammo u boshidanoq “istak” tushunchasini juda aniq ma’noda talqin qilib, psixologik xatoga yo‘l qo‘yadi — “istak” toifasiga faqat aqlbovar qilmas mo‘jiza, g‘ayritabiiy, g‘ayrioddiy narsalar, aniqroq qilib aytganda, oltin baliq haqidagi ertakdagi holatga tushdim deb o‘ylaydi. Biroq ko‘p o‘tmay boy-u badavlat bo‘lib, shon-shuhrat pillapoyalaridan qiynalmaygina chiqib borar ekan, u to‘satdan sag‘ri terining xususiyati nafaqat bunday “katta” istaklarga, balki inson qalbining eng oddiy, hamma bilgan, hech kim parvo qilmagan harakatlari, xohishlariga ham tegishli ekanligini payqab qoladi.

    Ma’lum bo‘lishicha, unga biron bir mayda-chuyda, kundalik hayotda ro‘y beraverib bezillatib yuborgan holatlarni go‘yo hasratlashgandek gapirib berishning o‘zi kifoya — halokatli shartnoma mexanizmi darhol ishga tushadi, istak amalga oshadi, shu bilan birga, terining hajmi zum o‘tmay kichrayadi, lahzasi hech bir javhar-u marvaridlar bilan o‘lchanmaydigan go‘zal ne’mat — hayoti esa qisqaradi.

    Sag‘ri terisi tom ma’noda har qanday, shunchaki xayolda “zip” etib o‘ylangan ahamiyatsiz, beixtiyor sodir bo‘lgan istakni-da amalga oshiradi. Rafael o‘zini shaytonning tuzog‘ida ko‘radi. Albatta shunday bo‘ladi. Yengil erishilgan narsa ortida samimiy omaddan ham ko‘ra ko‘proq nafs qudrati yotadi, axir.

    Yigit miyasidan nimanidir istashni chiqarib tashlashga zo‘r berib kuchanadi, biroq istamaslikning o‘zi bir istak edi! Vahima va talvasa ichida aqldan ozar darajaga keladi. O‘zini tashqi dunyodan ajratishga, har xil istaklarni o‘ylanmasidanoq yo‘q qilishga, istak tushunchasini bu chirib ketgur boshdan chiqarib tashlashga chiranadi. Ammo, afsuski, g‘isht qolipdan ko‘chgan, dahshatli sotuv amalga oshib bo‘lgandi. Tirik holda o‘lish, jismoniy o‘limdan ming karra yomonroq va Rafael, qanchalik qochishni istamasin, alaloqibatda, baribir shu ko‘yga tushadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Burjua jamiyatidan nafratlanib o‘tgan adib xulosasi

    Balzak ko‘nglida asarni yozish niyati qanday tug‘ilganligini yozuvchining kundalik daftarlaridan bilsa bo‘ladi. Daftardagi qisqa tezislarni eslatuvchi mana bu yozuvlarga e’tibor bering: “Hayot timsoli bo‘lgan terini kashf etish... Falsafiy ertaklar uchun. Birinchidan, sag‘ri teri. Inson hayotining toza va oddiy ifodasi, chunki u hayot, mexanizm. Inson hayoti mashinasining aniq formulasi. Xullas, yakka vujud tasvirlanadi, lekin hayotiy qilib; mavhum emas”. So‘ng Balzak asarning falsafiy zaminini quyidagicha ifodalaydi: “Bu asar (falsafiy ertak) hozirgi asrimiz, hayotimiz, xudbinligimizning formulasi bo‘lib qoladi”.

    “Sag‘ri teri” haqida “Karikatura” jurnalida Aleksandr B. imzosi bilan bosilgan birinchi taqrizda epigraf bunday talqin etiladi: “Romanda inson hayoti ilonday egri-bugri, to‘lqinli, ilang-bilang chiziqdan iborat dramaga qiyos qilinadi, zotan, uning egriliklaridan qochmaslik kerak. Asarning qoyilmaqom epigrafi shuni anglatadi”.

    Janr jihatidan “Sag‘ri teri” Balzakning falsafiy romanlariga kiradi. Yozuvchining falsafiy romanlari, qissalari va hikoyalari turkumi shu asar bilan boshlanadi. Balzak zamondoshi bo‘lgan tanqidchi F. Shal haqqoniy ko‘rsatishicha, adib “Sag‘ri teri”da “yangi davr fantastikasi”ni kashf etgan. Chindan ham Balzak asarda yosh shoir taqdirini ko‘rsatish orqali burjua voqeligining aqlga muvofiq emasligini, ehtiroslarning g‘aroyibligi va shafqatsizligini, kundalik turmush po‘chog‘i ostidagi dahshatni, fojiani ochib ko‘rsatadi.

    “Sag‘ri teri”da Balzak burjua jamiyatidagi asosiy ziddiyatlarni ochishga intiladi: u, mehnatning tagi rohat emasligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bir yoqda g‘arib, qashshoq turmush, qondirilmagan istaklar; boshqa yoqda inson shaxsiyatini vayron qiluvchi aysh-ishrat, shahvat ketidan quvish...

    Ushbu romanda shaxsning manmanlarcha tilak-istaklarini qondirish yo‘lida halokatga uchrashining timsoli bo‘lib ko‘rinadi. “Tilak — bizni kuydiradi, imkon esa xarob qiladi”, deydi Rafaelga keksa antikvar. Tilak, ehtiroslardan o‘zini tiyish ham, aysh-ishratga mukkadan ketish ham odam uchun halokatlidir.

    Buyuk asarlar yaratib, Parijni zabt etishni orzu qilgan kambag‘al shoirning hayot yo‘lini tasvirlar ekan, Balzak muayyan darajada o‘zining yoshlik yillarini eslaydi. Asarda yozuvchining Lediger ko‘chasidagi bolaxonada — hujrada kechirgan ochin-to‘qin turmushi, dadil ijodiy rejalari, mehnati o‘z aksini topgan.

    “Sag‘ri teri” asarida tilga olingan ko‘pgina muammolar va mavzularni Balzak keyingi romanlarida yanada rivojlantirdi. Chunonchi, adib “Ushalmagan orzular”, “Kurtizankalarning dabdabasi-yu g‘aribligi” romanlarida shoir taqdiri mavzusiga murojaat qiladi. Kiborlar jamiyatining vakili, mehnat qilmay, kayf-u safoda yashash falsafasini targ‘ib qiluvchi Rastinyak do‘sti Rafaelning taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Keyinchalik, Rastinyak “Insoniyat komediyasi”ning asosiy qahramonlaridan biriga aylanadi. Jumladan, “Gorio ota” romanida, “O‘zi bilmas masxarabozlar” hikoyasida, “Kurtizankalarninlg dabdabasi-yu g‘aribligi” romanida va boshqa bir qator asarlarida. “Sag‘ri teri tilsimi”da, bazm-u jamshid paytlarida “Insoniyat komediyasi”ning asosiy qahramonlaridan yana biri “Oltinlarga cho‘miluvchi qotil” bankir Tayfer paydo bo‘ladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Asardan iqtiboslar

    • Tilak bizni kuydiradi, imkon vayron qiladi, bilish esa bizning zaif vujudimizni abadiy sokinlikka olib keladi.
    • Yoshligimizda odamlar va sharoit tazyiqiga qaramay, tuyg’ularimizning nozik-nihol guliga, vijdonimizga, fikrlarimizga hali gard qo’nmagan bo’ladi. Shu tufayli yovuzlik bilan kelisholmaymiz; burchimizni ochiq-oydin anglaymiz; nomus o’limdan kuchli bo’ladi; ko’nglimiz ochiq, quvlik nimaligini bilmaymiz.
    • Iste’dodli, talantli odamlar hamisha yonib yashaydilar: qizlar esa talantli odamning g’am-kulfatlariga sherik bo’lishni istashmaydi – qizlarning hammasi o’z oshiqlarining faqat shuhrat keltirishini o’ylashadi. Aslida ular bizni sevmaydi, balki biz orqali o’zlarini sevishadi! Axir ijod qilishga, bunyodkorlikka qodir bo’lgan kambag’al, mag’rur san’atkor ular uchun xudbin ko’rinadi. Talantli odamning tevaragida doimo qandaydir fikrlar girdobi charx uradi, shu girdobga hamma narsa g’arq bo’lib ketadi, hatto ma’shuqasi ham.
    • Bu yerdagi tomoshalar birovga qimmat, birovga arzon tushadi…
    • Bu yerda birovning shafqatiga sazovor bo’lish uchun o’taketgan baxtsiz, birovning mehrini qozonish uchun juda zaif, birovning ko’nglini eritish uchun juda g’arib kishi bo’lish kerak.

    Qiziqarli faktlar 

    — O‘z tarjimayi holida muallifning ta’kidlashicha, o‘zi yozgan eng sevimli asari bu “Lui Lambert” romani;

    — Yozuvchi dunyoda birinchilardan bo‘lib, mualliflik huquqi loyihasini ishlab chiqqan;

    — Balzak bir kunda turk qahvasidan 50 chashkagacha ichgan. Agar qahva qaynatishning iloji bo‘lmasa, Balzak qahvani qurug‘icha og‘ziga tashlab olar ekan. Realist adibimiz “Inson komediya”sini yozguncha u 15 ming chashka o‘tkir qahva ichganligi haqida mish-mishlar yuradi;

    — Balzak og‘ir hayot va ijod yo‘lini bosib o‘tadi. Surunkali mehnat va hayotiy qiyinchiliklar tufayli sog‘ligini yo‘qotgan adib umrining oxirgi (1848–1850) yillarida yangi asar e’lon qilolmaydi. Uzoq yillar xat yozishib kelgan mehribon do‘sti va sirdoshi polyak ayoli E. Ganskayaga uylanish niyatida 1850-yilning martida Ukrainaga keladi. 14-mart kuni Balzak va Ganskayaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi. Orzusi ushalgan adib Parijdagi do‘sti Z. Karro xonimga quyidagi xabarni yo‘llaydi: “Menga hayotimning na baxtli bolaligidan, na navqiron yoshligidan to‘yib bahra olish nasib etdi. Aftidan umrimning yozi va kuzi totli o‘tadigan ko‘rinadi”. Afsus, bunday baxt Balzakka nasib bo‘lmaydi. May oyida kasali zo‘raygan adib rafiqasi bilan Parijga qaytadi. Parijga kelgach, u to‘shakka yotib qoladi. 1850-yilning 18-avgustida buyuk romannavis vafot etadi.

    Azizbek Yusupov

    12.07.2023, 23:41   Izoh (0)   23979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men kampirni emas, o‘zimni o‘ldirdim…”. “Jinoyat va jazo” asari haqida

    28.05.2023, 20:20

    “Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida

    04.06.2023, 20:04

    “Hayotning ma’nosiz ekanligiga eng yaxshi isbot uning ma’nosi borligini isbotlashga keltirilayotgan argumentlardir…” — “Godoni kutib” asari haqida

    19.06.2023, 23:40

    “Bugun onam o‘ldi. Yo kechamikan, bilmayman…” — “Begona” asari haqida

    01.07.2023, 17:05

    “Kul bo‘lguncha yondir, keyin kulini ham yoqib yubor!” Ekologik fojialar asorati, qirg‘in qurollari, taraqqiyot tufayli vayronaga aylangan sayyoralar — “Farengeyt

    24.06.2023, 23:10

     “Halol va yaxshi odam burjua jamiyatining bo‘g‘iq muhitida yashay olmaydi” — “Martin Iden” romani haqida

    11.06.2023, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 12 may, 16:11

    O‘zbekistondan Afg‘onistonga sara urug‘lar yetkazib berildi

    O‘zbekiston | 12 may, 16:00

    Xitoyda dunyodagi birinchi sun’iy intellekt shifoxonasi ochiladi

    Dunyo | 12 may, 15:50

    Bolani osongina uxlatishga yordam beradigan 6 ta layfhak

    Ayollar sahifasi | 12 may, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.