Qirg‘izistonda un va bug‘doy eksport qilishga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Tegishli qaror 22-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov tomonidan imzolangan.
“Bug‘doy uni va oziq-ovqat bug‘doyi donining eksportiga olti oy muddatga taqiq joriy etildi. Bu qaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
Tegishli hujjat 25-sentabrdan kuchga kirdi. Avvalroq Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi un narxi oshishi haqida gapirgandi. Mahsulot ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatga ega va bozorda uning tanqisligi yuzaga kelsa, bu mamlakatda oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)