Qirg‘iziston Ijtimoiy jamg‘armasi pensiya jamg‘armalarini oltinga sarmoya qilishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hozirda jamg‘arma konservativ investitsiya siyosatini olib bormoqda, ya’ni nafaqaxo‘rlarning moliyaviy aktivlarining xavfsizligi ularning daromadliligidan ustun turadi. Ammo pensiya tizimining bosqichma-bosqich rivojlanishi daromadli vositalar bo‘yicha stavkalarni pasaytirish xavfiga olib keladi.
Ijtimoiy jamg‘arma Davlat jamg‘arib boruvchi pensiya aktivlarining 10 foizini oltinga yo‘naltirishni taklif qilmoqda.
Bu 3 milliard 842,3 million somni (taxminan 43 million 309 ming dollar) tashkil etadi. Shu bilan birga, Ijtimoiy jamg‘arma sotib olingan qimmatbaho metallni qanday va qayerda saqlashni bilmaydi. Oltin quymalarini saqlash masalasi qonun loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqiladi.
Izoh (0)