AQSHda 22 nafar keksa ayolni o‘ldirishda ayblangan seriyali qotil Billi Chemirmir qamoqxona kamerasida o‘lik holda topildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Marhum 19-sentabr, seshanba kuni ertalab Tennessi koloniyasidagi Koffild bo‘limida o‘lik holda topilgan. 50 yoshli Chemirmir ikki martalik umrbod qamoq jazosini shartli ozod qilish imkoniyatisiz o‘tagan. U Dallas okrugida 13 nafar keksa ayolni va Kollin okrugida yana to‘qqiz nafarini uylarida o‘ldirgan. Chemirmir sog‘liqni saqlash sohasida ishlagan. U barcha qurbonlarini bo‘g‘ib, ularni tunab, o‘zi bilan birga zargarlik buyumlarini olib ketib, sotgan.
Hujumdan omon qolishga muvaffaq bo‘lgan qurbonlardan birining xabaridan keyin Chemirmir qo‘lga olingan. Bu 91 yoshli Meri Bartel edi. U politsiyaga Chemirmir qariyalar uyida uni yostiq bilan bo‘g‘moqchi bo‘lgani va taqinchoqlarini o‘g‘irlaganini aytgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, seriyali qotilni uning kameradoshi o‘ldirgan. Biroq rasmiylar hali bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
Izoh (0)