• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Men esa yetarlicha qarib bo‘lganman. Endi ulg‘ayishim kerak…” — “Leon” filmi haqida

    Bu kino yaratilganiga 20 yildan oshdi. 20 yil uni filmografiyadagi oltin o‘rnidan supurib tashlolmadi. Darajasini pasaytirolmadi. Hech bir kadri eskirmadi. Shu tarafdan Lyuk Bessonning ushbu shedevri burgund vinosiga o‘xshaydi: qancha yil tursa, shuncha sifati oshib, yaxshilanib boraveradi. Kinoning bosh qahramoniga to‘xtalsak: malakali, necha yuzlab odamlarni “qo‘ldan o‘tkazgan” killer, sovuqqon va batartib italyan, lekin esini yeb qo‘ygan manyak emas. Sirtdan qaraganda, chirkin ko‘rinadigan dunyosida ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalar bor. O‘zi qo‘ygan va o‘zi xohlaydigan chegaralar bor. Ha, hatto qotillik bilan shug‘ullanuvchi odam ham o‘zini tiyib turish uchun qoidalar yaratadi. Qoidalar bo‘lmasa, Uinston (Jon Uik) aytmoqchi, hayvonga aylangan bo‘lar edik.

    Umuman, o‘ylab ko‘ring, odam o‘ldirgan odamga qanday nigoh bilan qaragan bo‘lardingiz? Nafrat bilan, to‘g‘rimi? Nari borsa, achinarsiz. Ammo Leonga tikilib turib to‘kilasiz, ichingizdagi qaysidir bo‘lmalarga nur oqib kiradi, allaqanday yovvoyi, uzoq yig‘idan keyingi xotirjamlikni, charchoqni his qilasiz, yelkasini qoqib, sassiz xo‘rsinasiz, balki yig‘larsiz ham. Bir qotil uchun shuncha hasrat qayerdan? Lyukning sehri, mahorati ham shunda. Stereotipga aylangan “yaxshi” va “yomon” me’zonlarini o‘zgartirgani, kinoga chuqur emotsional yuk bergani uchun ham bu kino yarim jangari, yarim dramatik tus oldi. O‘z yo‘nalishidagi filmlardan nima uchun o‘zib ketgani haqida esa endi gaplashamiz.

    Filmdan kadr

    “Happy end” bilan tugamagan mehr-muhabbat ertagi

    Ko‘pchilikning nazdida “Leon” shunchaki klassik jangari janridagi nostalgik kayfiyat uyg‘otuvchi kino. Bundan ortiq narsa emas. Yo‘q, jang sahnalari biz o‘rgangan qoliplarga moslashish uchun bir vosita xolos, kino so‘zlamoqchi bo‘lgan haqiqat butkul boshqa. U ancha ichkariroqda, Leonning qalbida o‘rnashgan. Filmni his qilish uchun, avvalo, sujetdan boxabar bo‘lish kerak. Shuning uchun voqealar rivoji haqda qisqacha spoyler berib o‘taman.

    Leon

    Uning ismi Leon. Ko‘p yillar oldin Italiyadan AQShga ko‘chib kelgan. Salkam 19 yildan beri Toni ismli odamning qo‘lida ishlaydi. Leon birovlarning umri evaziga tirikchilik qiladi, buyurtmalarni o‘z vaqtida bajaradi, (odam o‘ldirishini aytyapman) va u bu borada eng tajribalilaridan biri desam, aldamagan bo‘laman.

    Yollanma qotillar orasida professionalizm qotildan qurbongacha bo‘lgan masofa bilan o‘lchanadi. Yangi boshlovchilar snayper vintovkalari yordamida masofadan ishlab ko‘radi. Keyinchalik, ya’ni odam qonini ko‘rganda bir tuki ham qilt etmaydigan, seskanmaydigan darajaga kelgach, qurbonga yaqin kelib, pichoqdan foydalanadi. Leon xarakteri ikkinchisiga taalluqli. O‘z ishida u nishonini eng sara qo‘riqchilari orasida ham osongina o‘ldira oladigan, hatto eng qiyin buyruqlarni ham doimo bajaradigan va hammasini shovqin solmay, imi-jimida bitiradigan qora soyaga o‘xshaydi. Keladi, o‘ldiradi, ketadi. Tamom, murosa qilishdan foyda yo‘q. Lekin yuqorida qoidalar haqida gapirdim. Leonning sharafli kodeksi bor: hech qachon ayollar va bolalarni o‘ldirmaydi. Yurish-turishidan esa sirayam qotilga o‘xshamaydi: u har kuni ikki quti sut ichadi, eski musiqiy filmlarni ishtiyoq bilan eshitadi, kino zalida deyarli yolg‘iz o‘tirganidan xijolat chekmaydi, aksincha maza qiladi.

    Uning do‘stlari yo‘q, yagona uy hayvoni esa bizning qahramonimiz diqqat bilan parvarishlaydigan qanaqadir odatiy yashil o‘simlik. Har qanday quroldan mohirlik bilan foydalanuvchi Leon o‘qish va yozishni unchalik (deyarli) yaxshi bilmaydi. Unga pul kerak emas, chunki qotil oz narsaga qanoat qiladi va deyarli “Sparta sharoiti”da yashaydi. Uning barcha pullari Tonida saqlanadi, bu o‘zlarining tili bilan aytganda, “bankdagiga qaraganda ancha qulayroq va xavfsizroq”. Bir so‘z bilan aytganda, u xavfsirab, odamlarga qo‘shilmay, hammadan shubhalanib yuradigan odam.

    Filmdan kadr

    Matilda

    Uning ismi Matilda Lando. Behasham va befayz oiladan chiqqan ko‘ngilchan, oddiy 12 yoshli qizaloq. Matildaning otasi Maykl qora ishlar bilan shug‘ullanadi va qizini tez-tez kaltaklaydi. Matilda o‘z uyida xuddi xizmatkordek yashaydi. Onasi esa qizining kelajagiga tupurib qo‘ygan, opachasi undan nafratlanadi. Hartugul, Matilda bitta ukasi bilan yaxshi munosabat o‘rnata olgan.

    Bir kuni Maykl qovun tushiradi. Asrash uchun berilgan “dori”larni pullab yuboradi. U ogohlantirilib, unga 24 soat vaqt beriladi, narkotikni joyiga qo‘yolmagach, uyda bo‘lmagan Matildadan boshqa hammani o‘ldirib ketishadi. Leonning qo‘shnisi, 12 yoshli Matilda otasining jinoyatga sherik bo‘lishi va narkotiklarni yashirishi tufayli barcha oila a’zolaridan ayriladi. Jinoiy sheriklar ham begona emas edi — politsiyaning Norman Stensfild boshchiligidagi “narkotikka qarshi kurashish” bo‘limi xodimlari. Leon Matildaning oila a’zolari o‘ldirilganiga guvoh bo‘lishi sabab, uni jinoyatchi politsiyachilardan asrashga harakat qiladi. Leonga sut olib kelish uchun magazinga tushib, qaytganida polda otasining jasadini ko‘rgan Matilda kattalarga xos xotirjamlik bilan Leonning eshigini taqillatadi. Aynan shu sahnani sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. Quyidagi epizodda Matilda o‘lim xavfidan qochib Leonning, qo‘shnisining eshigini yolvorib taqillatyapti. Yaxshilab e’tibor bersangiz, Lyuk Bessonning ishoralarini tushunish qiyin emas. Kamera qarshisidagi ojiz qiz qorong‘ilik (xavf) ichida turib yalinmoqda. Eshik ochilgach, atrof yorishadi va qizni qorong‘ilik tark etadi. So‘ng qiz og‘ir tin oladi va ichkariga, xavfdan holi hududga kiradi. Rejissor bu bilan Leonni xaloskor ekanligini nur, yorug‘lik orqali tomoshabinga tushuntirgandek go‘yo. O‘zingiz ko‘ring:

    Leon, Matilda va gul

    Xullas, Matilda ukasining qasosini olish uchun qurol otishni o‘rganishga qaror qiladi. Lekin unda u qurolni sotib olishga na pul bor va na ko‘nikma. Shunda u Leondan qotillikning barcha sir-asrorlarini o‘rganishga bel bog‘laydi. Endi ular ajralmas bo‘lib qoladi: o‘simlik, Leon va Matilda. Qotil shogirdiga ajoyib hunar o‘rgatadi, Matilda ham o‘z navbatida uy yumushlarida yordam beradi, Leonga o‘qish va yozishdan saboq beradi, Leon esa quroldan foydalanishni ota o‘z qiziga yozishni o‘rgatgandek shavq hamda qunt bilan o‘rgatadi. Shunday qilib, dunyoning eng sovuqqon killeri otalik tuyg‘ularini boshdan kechirib, qizga qattiq bog‘lanib qoladi. Ular hatto birga ishlashadi: Matilda unga qurbonlarining uyiga kirishga yordam beradi. Biroq, qizdagi intiqom alangasi so‘nmaydi: nima qilib bo‘lsa ham, u Norman va uning odamlarini o‘ldirishi kerak. U Stansfildni kuzatib boradi. Hatto o‘zini oziq-ovqat yetkazib beruvchi sifatida ko‘rsatib, politsiya bo‘limining ichigacha kiradi. Biroq tajribali tergovchi tozi is olgandek izni payqaydi. U Matildani hojatxonada ushlab olib, uni endi tinchitaman deganda, bir hamkasbini italiyalik qotil o‘ldirib ketganligi to‘g‘risidagi xabarni yetkazishadi. Italiyalik degan so‘zni eshitgach, u Toni bilan bog‘lanib, Leon haqida ko‘p narsani bilib oladi.

    Filmdan kadr

    Bu vaqtda uyga qaytib, Leon Matildaning xatlarini topadi, hamma narsani tushunadi va uni qutqarish uchun ketadi. U qizni politsiya bo‘limidan olib chiqayotib Normanning qo‘l ostidagi ikki xodimini o‘ldiradi. Endi uy ham xavfsiz bo‘lmay qoladi. U yerga maxsus kuchlar jo‘natilgan, har tomonlama o‘rab olingan. Shunda Leon ventilyatsiya shaxtasini teshib Matilda va sevimli gulini tushiradi. Qiz tuynuk katta yoshli erkakning sig‘ishi uchun juda tor ekanligini, Leon qolmoqchiligini tushunadi. Biroq, Leon uni yaxshi ko‘rishini aytib, hammasini tinchitgandan so‘ng, seni o‘zim topaman, deb va’da beradi. Matilda ketadi. Leon o‘ldirilgan askarlardan birining formasini kiyib, xonadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ladi, lekin Stensfild uni payqab qoladi. Hayoti jirkanchliklarga to‘la politsiyachi killerning jon berayotgan tanasi ustiga g‘olibona kelganda, Leon unga Matildaning sovg‘asi — granataning uzugini beradi. Bino bo‘ylab kuchli portlash sodir bo‘ladi...

    Qiz esa dastlab Toni oldiga boradi va unga ish berishini so‘raydi. U bolalar uchun ishi yo‘qligini aytadi, lekin Leon topgan pulini unga berishni va’da qiladi. Ammo hozir emas, balki qiz o‘sib ulg‘ayganida. Matilda bir paytlar otasi to‘lagan, biroq o‘zi bormay qo‘ygan maktabga qaytadi. Direktor unga yana bir bor imkon berib ko‘rishga rozi bo‘ladi. Filmning oxirgi sahnasida Matilda maktab yaqinidagi maysazorga Leonning gulini o‘tkazadi, uning uchun bu yer yaxshi bo‘lishini aytadi va kino tugaydi.

    Filmdan kadr

    Qotil qalbidagi bolalik

    Garchi biz vahshiyona sahnalar bilan o‘ralgan jangari film haqida gapirayotgan bo‘lsak ham, Lyuk Besson o‘z oldiga umuman boshqa maqsadni qo‘ygandi. Bu yerda qotilliklar, otishmalar, qichqiriqlar va boshqa barcha jirkanch harakatlar ikkinchi planga o‘tadi. His-tuyg‘ular asosiy rol o‘ynaydi. Aniqroq qilib aytganda, Matildaning Leonga bo‘lgan hurmati, mehri, muhabbati, havasi, nafrati, hayrati… hamma-hammasi. Matildaga Leon o‘zi kabi yosh bola va shu bilan birgalikda kuchli, hech narsadan tap tortmas bo‘lib ko‘rinadi. U bu haqda film davomida ko‘p marta ishoraviy harakatlar, gaplar aytadi. Leon esa o‘zini-da tushuna olmaydigan odam. Biroq, aftidan, unda otalik tuyg‘ulari uyg‘onadi. Lekin u otalik nimaligini, uning majburiyatlari nimadan iborat ekanligini bilmaydi, shuning uchun u Matildani o‘zi bilgan tarzda, o‘zi yashayotgan muhitdan kelib chiqib tarbiyalaydi: o‘zi bilan ishlashga olib boradi, restoranlarda shampan bilan mehmon qiladi, go‘yoki Matilda allaqachon voyaga yetib bo‘lgandek.

    Undan tashqari, Leon birinchi marta o‘zaro his-tuyg‘ular qarama-qarshiligiga, bahslarga duch keladi. U minnatdorchilik va oddiy insoniy iliqlik nima ekanligini anglab yetadi. Faqat Matilda bilan u hayotida birinchi marta tinch uxlaydi, garchi bundan oldin u faqat bir ko‘zini ochib, kresloda “qush uyqusi” qilish eng to‘g‘ri qaror ekanligini da’vo qilgan bo‘lsa ham.

    Matilda Leonning qizi va onasi tasvirida gavdalantirilgan. Bu Leonning hech qachon mavjud bo‘lmagan oilasi. Lekin nimasidir sevimli, nimasidir o‘ziga ohanrabodek tortadi. Shuning uchun u hech qanday chiqish yo‘li bo‘lmagan voqeaga o‘ralashib qolganini tushunsa ham, Matildani politsiya bo‘limidan qutqarishdan sira og‘rinmaydi, ikkilanmaydi. Politsiya qurshab olganda ham u Matildaga ketishga ruxsat beradi va o‘limidan oldin uning so‘nggi iltimosini bajaradi — Stansfildni o‘ldiradi. Leon yakka o‘zi qoladi. U doim o‘zi qolgan. Biroq bu safar qanchadir pul evaziga emas, balki unga yangi hayot baxsh etgan kalta sochli shumtaka qizaloq uchun qoladi. U endi kim uchun fidokorlik qilish mumkinligini anglab yetadi. O‘z hayoti evaziga bo‘lsa ham Matildani ozod etadi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, “Leon” filmining asosiy mazmuni fidoyilikdir. Baxtiqaro qotil qizga o‘zi ishtirok etmaydigan kelajakka umid beradi.

    Foto: Pinterest

    Kinodan iqtiboslar

    Matilda va Leon:

    “M: Hayot doimo shunday qiyinmi o‘zi? Yoki faqat yosh bo‘lganingdami?

    L: Hayot doimo murakkab.”

    “L: Buning uchun sen hali ulg‘ayishing kerak.

    M: Men ulg‘ayib bo‘lganman! Buyog‘iga endi faqat qariyman.

    L: Men esa yetarlicha qarib bo‘lganman. Endi ulg‘ayishim kerak.”

    “L: Yana bir gap, doimiy xo‘p deyishni bas qil, xo‘pmi?

    M: Xo‘p.

    L: Yaxshi.”

    Leon: “Eng birinchi o‘rganadigan quroling — uzoqdan otadigan miltiq bo‘ladi, chunki u seni mijozdan uzoq masofada saqlay oladi. Professionalga aylanish davomida esa masofa qisqaraveradi. Pichoq, misol uchun, eng oxirgi o‘rganadigan quroling bo‘ladi.”

    Qiziqarli faktlar

    • Natali Portman 13 yoshida ilk debyutini ijro yetgan. U Lyuk Bessonning “Leon” filmida Matilda obrazida gavdalangan. So‘ngra “Qora oqqush” filmidagi bosh roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
    • “Leon” filmi ko‘p mukofotlardan quruq qolganini va “Oskar”ga nomzod ham bo‘la olmaganini odatda ikki sabab orqali ifodalashadi. Birinchidan, filmdagi voqealarda “Oskar” kabi mukofotlarning o‘sha davrda talab qilgan standartlarga zid lavhalar ko‘pligi, Gollivud normalaridan farqli ekanligi, kino sanoatidagi kuchli senzura. Ikkinchidan, film namoyish etilgan yili boshqa ko‘plab shedevr kinolar, jumladan, “Shoushenkdan qochish”, “Jinoiy cho‘pchak”, “Forrest Gamp” “Oskar” nomzodlarini to‘ldirib bo‘lganligi.

    Azizbek Yusupov

    16.09.2023, 22:46   Izoh (0)   13470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uyquda biz deyarli har narsa qilishga qodirmiz…” — “Muqaddima” filmi haqida

    27.06.2023, 22:33

    “Narigi dunyoga tirik holda o‘tish yo‘lini topsang ham, o‘z vijdoningdan qochib qutulolmaysan! O‘zingdan qanday qochasan?..” “Mashinist” filmi haqida

    05.08.2023, 23:30

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04

    Filmga aylangan mashhur multfilmlardagi tomoshabinlarga manzur bo‘lgan sahnalar (foto)

    16.09.2023, 17:09

    Buyuk yapon rejissori Xayao Miyazakining so‘nggi filmi: “Bola va qush” animesi nima haqida va uni kimlar ko‘rmasligi kerak?

    15.09.2023, 11:08

    O‘zbek tomoshabinlari tomonidan iliq kutib olingan “Qo‘rg‘on sirlari” serialining ikkinchi mavsumi tafsilotlari e’lon qilindi

    14.09.2023, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.