O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan Zufar Kurbanov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Zufar Kurbanov “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
Iyul oxirlarida Farg‘onada prezident boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Avgust boshida esa O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan general-mayor Davron Nazarmuhamedov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)