Bugun Farg‘onada prezident boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
Uning o‘rniga general-mayor Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar Azizbek Ikramov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)