Liviyada “Daniel” to‘foni va kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat Vakillar palatasi (parlament) maslahatchisiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi. 10 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
![](/static/2023/surayyo2/1000x563_cmsv2_f5018827-a7c4-5893-a1ab-88e8bdd9ae7d-7887380.webp)
“Liviya shimoli-sharqida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 mingdan oshdi. Ayni paytda bedarak yo‘qolganlar soni 10 mingdan oshdi”, — deya Liviya parlamenti maslahatchisining so‘zlarini keltiradi Al-Arabiya telekanali.
To‘fondan eng ko‘p jabr ko‘rgan Derna shahri munitsipaliteti rahbari Abdulmenam al-G‘ayti Al-Arabiya’ga ma’lum qilishicha, shahar ma’muriyati prognozlariga ko‘ra, mintaqada yog‘ingarchilik va suv toshqinlari qurbonlari soni ortishi mumkin: 18—20 mingga ko‘tariladi. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 ming qurbon bo‘lishini prognoz qilgandi.
![](/static/2023/surayyo2/KMO_162543_44628_1_t245_014159.webp)
![](/static/2023/surayyo2/HyXura6C2_100_0_923_520_0_x-large (1).jpg)
![](/static/2023/surayyo2/750x500_cmsv2_ddb7a94f-0d6b-5782-8732-c782828a611f-7888194.webp)
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b2_252a86844777207d947c1bda9bec85fa.jpg)
Liviya shimoli-sharqidagi suv toshqinlariga 10-sentabr kuni mamlakatni qamrab olgan “Daniel” to‘foni sabab bo‘ldi. Derna shahri eng jiddiy ko‘p ko‘rdi, u yerda ikkita to‘g‘on vayron bo‘ldi. Ko‘plab turar joy binolari va shifoxonalar suv ostida qoldi.
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b2_a807b266f766dddecfab413eb09bf971 (1).jpg)
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b2_d04f4a97db9baa699313d925a58003b6.jpg)
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b2_a8498f9c09e07f1ea29082e0b22aeac6.jpg)
Tabiiy ofat qirg‘oq bo‘yidagi Jabal al-Axdar va Bing‘ozi shaharlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ayni paytda sharqdagi Kirenaika provinsiyasining uchta hududida komendantlik soati joriy etilgan.
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b_c_8ccc3f0bf28c9196be851df833a98147.jpg)
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b2_a888890ed6fe0873e70b7f9323750e67.jpg)
![](/static/2023/surayyo2/thumbs_b2_bc7ddb7b45c0104d2135643edda3986a.jpg)
Izoh (0)