Xorazm viloyati Hazorasp tumanida 13 ta it zaharlab o‘ldirildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Hazorasp tuman Obodonlashtirish boshqarmasining qarovsiz qolgan daydi hayvonlarni ushlash va yo‘q qilish bo‘limi xodimlari 2023-yil 4-sentabr kuni “Zehnli” mahallasiga borib o‘rganish o‘tkazgan.

O‘rganish davomida mahallada daydi itlar borligi aniqlangan. Mahallada aniqlangan egasiz va daydi itlarning 13 (o‘n uch) tasi zaharli xo‘rak yordamida yo‘q qilingan.

Izoh (0)