Toshkentning ikki tumani hududiga 6-sentabr tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangihayot tumanining “Olchazor” va “Binokor” mahallalari (soat 11:00 dan 17:00 gacha):
- Aholi xonadonlari soni — 290 ta;
- Ulgurji isteʼmolchilari soni — 3 ta.
Sergeli tumanining “Qumariq”, “Xonobodtepa” va “Sultonobod” (soat 11:00dan 16:00 gacha) mahallalari:
- Aholi xonadonlari soni — 564 ta;
- Ulgurji isteʼmolchilari soni — 3 ta.
Shuningdek, 6-sentabr kuni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlari hududida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Chilonzor tumani — “Qozirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida shaharning “Qo‘yliq” podstansiyasida sodir bo‘lgan avariya tufayli elektr taʼminotida uzilish sodir bo‘lgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Energetika vazirligi aholiga murojaat bilan chiqib, elektr energiyasini tejashning antiqa usulini ma’lum qilgan. Vazirlikka ko‘ra, elektr energiyasini tejash uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda pastroq haroratda kir yuvishga harakat qilish kerak.
Izoh (0)