• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Birinchi marta bunday shahar quryapmiz”: Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘ladi

    Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko‘plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya sur’atidan kelib chiqilsa, yaqin yillarda aholi soni yanada ko‘payadi.

    Davlat rahbari bu masalani alohida e’tiborga olib, Toshkentni rivojlantirish rejalarini 15-20 yil oldindan belgilash vazifasini qo‘ygan edi. Shundan kelib chiqib, shahardan tashqarida, zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida yangi markaz qurishga kirishildi. 20-iyulda Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, bosh vazir rahbarligida Yangi Toshkentni barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi hamda direksiya tashkil etildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bu loyihaga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy qilindi.

    Ushbu loyiha uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan. Direksiya tomonidan yetakchi xorijiy kompaniyalar jalb etilib, rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan amaliyotlar asosida bosh reja, tarmoq rejalari va manzilli dasturlar ishlab chiqilmoqda.

    “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasida bosh reja loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori hududni infratuzilma bilan ta’minlash, yo‘l va ko‘priklar qurish masalalari, muhandislik, shaharsozlik va arxitektura yechimlari bo‘yicha axborot berdi.

    Loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan, faol iqtisodiyot va ijtimoiy hayot uyg‘unlashtirilgan, transport tarmoqlari poytaxtimiz bilan oqilona bog‘langan. Umuman aytganda, Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy markazda davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi. Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, ta’lim, tibbiyot va turizm klasterlari bo‘ladi. 420 gektar maydonda markaziy bog‘, mavzelar orasida sun’iy kanal va ko‘llar, Chirchiq va Qorasuv daryolari bo‘yida sayilgohlar tashkil qilinib, odamlarning dam olishi uchun so‘lim sharoitlar yaratiladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu joydan boshlanadi.

    Bu komponentlar loyihasi Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning 20 ta ilg‘or kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Davlat rahbari infratuzilma tarmoqlarini ilg‘or standartlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidladi.

    “O‘ttiz ikki yillik mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz, bunga dunyodagi ilg‘or kompaniyalarni jalb qilyapmiz. Lekin bizdagi sohalar, standartlar shunga mosmi? Ular zamonaviy loyihalar bilan hamohang bo‘lishi kerak. Shuning uchun qurilish, energetika, kommunal, ekologiya, irrigatsiya, transport kabi hamma tegishli sohalardagi qonunlarni, standartlarni jahonning eng yuqori talablariga muvofiq takomillashtirish zarur”, — deydi prezident.

    Prezident bosh reja asosida yil yakuniga qadar batafsil loyihalash ishlarini yakunlash, birinchi bosqich inshootlari bo‘yicha loyihachi va quruvchi korxonalarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    “Nima uchun bu loyihani shoshmasdan, qayta-qayta ko‘ryapmiz? Bu shahar yuz yillab xalqqa xizmat qilishi kerak. Odamlar birinchi o‘rinda bo‘lishi, kelajakdagi qurilishlar ham inobatga olinishi zarur. Birinchi bosqich mukammal qurilsa, maktab bo‘ladi", — dedi davlat rahbari.

    05.09.2023, 22:57   Izoh (0)   21691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi Toshkent shahri tarkibiga kiritiladigan yer maydonlari ro‘yxati belgilandi

    24.07.2023, 11:39

    Video: Namanganda “GAZ-53” avtomobillaridan iborat to‘y korteji harakatlandi

    05.09.2023, 22:33

    Qibray tumani hokimiga 5 nafar o‘rinbosar tayinlandi 

    05.09.2023, 21:55

    “Qoyil qoldim, haqlariga duo qildim”. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Sherali Jo‘rayev haqida ko‘pchilik bilmagan maʼlumotni oshkor qildi

    05.09.2023, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonini qabul qildi

    05.09.2023, 20:45

    Xalqaro ekspert o‘zbek firmalarining global miqyosda kengayishida ESG muhimligini aytdi

    05.09.2023, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    “Maxsustrans 2022−2023-yillarda 45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan” — Shavkat Umurzoqov

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:21

    O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 mingta robot yasab Ginnes rekordini yangilamoqchi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:05

    O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 18:51

    Tramp va Putin Alyaskadagi sammit yakunida hech qanday hujjat imzolamaydi

    Dunyo | 15 avgust, 18:35

    Yozgi ta’tildan keyin bola tez-tez kasal bo‘lsa: farzandlar immunitetini oshirish sirlari

    Farzand | 15 avgust, 18:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.