Ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos “Sevilya” bilan kelishuvga erishdi.
![](/static/gettyimages-1496466826-1024x1024.jpg)
Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar qisqa muddatli bitim bo‘yicha kelishib olgan.
37 yoshli futbolchi avvalroq “Al-Ittihod” va Turkiya klublarining takliflarini rad etgandi.
Ramos “Sevilya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2005-yilda jamoani tark etgandi.
Keyingi faoliyatida “Real” va “PSJ” sharafini himoya qilib, 2023-yil yozida erkin agentga aylangandi.
Izoh (0)