O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 1,1 million tonna meva-sabzavotlar eksportini amalga oshirdi, deb xabar beradi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga ko‘paygan.
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 foiz), Pokiston (14,6 foiz), Qozog‘iston (12 foiz) hamda Qirg‘iziston (9,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 672,9 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga ko‘paygan va jami eksportdagi ulushi 4,5 foizni tashkil etgan.
Markaziy bankning iyul oyida e’lon qilingan pul-kredit siyosati sharhida mintaqada suv tanqisligi muammosi jiddiy tus olayotgani sabab meva va sabzavotlar narxi yuqori tebranishi mumkinligi keltirilgan edi.
Izoh (0)