O‘zbekiston 2023-yilning yanvar—may oylarida 7 ta davlatga qiymati 1,8 million dollarga teng bo‘lgan 4,4 ming tonna olma eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, olma eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 702 tonnaga kamaygan.
2023-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 2,5 ming tonna;
- Rossiya – 764 tonna;
- Turkmaniston – 649 tonna;
- Qirg‘iziston – 444 tonna;
- Tojikiston – 125 tonna.
Aprel oxirlarida O‘zbekiston poytaxti supermarketlarida xalq orasida “May olmalari” deb ataladigan olmalar paydo bo‘lgandi. Bu mavsumda ertapishar olmalar O‘zbekiston poytaxtidagi supermarketlar peshtaxtasida o‘tgan yilga nisbatan bir necha kun erta paydo bo‘lgan. Ammo o‘rtacha narxi 2022-yil aprel oyidagidan 7 barobar arzon edi.
Izoh (0)