Toshkentning uch tumani Mirobod, Yashnobod va Sergelining ayrim hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, taʼmirlash ishlari tufayli 2023-yil 25-avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Mirobod, Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
- Mirobod tumani: “Fayziobod” va “Oq uy” mahallalari
Aholi xonadonlari soni — 1 520 ta;
Ulgurji isteʼmolchilar soni — 7 ta. - Yashnobod tumani: Iltifot, Donishmand, Xosiyatli, Jarqo‘rg‘on, “Yangi davr”, “Aslobod” mahallalari;
Aholi xonadonlari soni — 4 270 ta. - Sergeli tumani: “Madaniyat”, “Xalqobod”, “Birdamlik”, “Shukrona” mahallalari
Aholi xonadonlari soni — 5 382 ta;
Ulgurji isteʼmolchilar soni — 32 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)