• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yo‘l ochiq, faqat ishlash kerak” — “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan tadbirkor Nigora Murotova bilan suhbat

    O‘zbekistonda tadbirkorlik qilish murakkabmi yoki oson? Soliq, litsenziyalash, bank va boshqa sohalar tadbirkorga qanchalik ko‘makdosh? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida “Daryo” muxbiri “Shuhrat” medali sohibasi, tadbirkor Nigora Murotova bilan suhbatlashdi.

    Nigora opa, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandingiz. Albatta, bu faoliyatingizda yaxshi natijalar ko‘pligidan darak beradi. Dastlab nega tadbirkorlik sohasini tanlaganingiz va faoliyatingiz qanday boshlangani haqida gapirsangiz?

    Shu yil Tadbirkorlar kuniga ayol tadbirkorlar qatorida 44 ta taqdirlanganlar ichida mening ham ism-sharifim bo‘lishi juda quvonarli. Nafaqat men uchun, balki jamoam, oilam uchun ham. Ish faoliyatimiz boshlanganiga 6 yil bo‘ldi va hozirda o‘rta biznes vakilimiz.

    Tadbirkorligim yoshligimdan boshlangan. Asli kasbim shifokor, xotin-qizlar ginekologiman. Ilmiy ish ham qilganman. Har doim qo‘shimcha manba hisoblab tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelaman. Aytmoqchimanki, xususiy tibbiy klinikalarni ochish birdaniga bo‘lib qolmagan. Kichik biznesdan o‘rta biznesga o‘tish jarayoni 20–25 yil davom etgan.

    Nigora Murotova 
    Foto: “Daryo”

    Klinikamiz “Nikamed” 2017-yil aprelda faoliyat boshladi. Albatta, boshlanishida oson bo‘lmagan, ancha qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdik.

    Klinikamiz kichik litsenziya va 36 ta yotoqxonasi bilan ochilgan. Prezidentimiz Yashnobod tumaniga tashrif buyurganlarida tuman aholisini ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash dasturiga biz ham kiritilib, dastur doirasida 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olganmiz. 

    Shifoxona ochishdan asosiy maqsadim O‘zbekiston fuqarolarini sog‘lomlashtirish, ularda kasalini davolashdan avval profilaktik ishlar olib borish, yaʼni kasallikning oldini olishdan iborat. Fuqarolari umri uzoq bo‘lgan davlatlar qatorida O‘zbekistonni ham ko‘rishni istayman. Dunyoda aholisining o‘rta umr ko‘rish yoshi bo‘yicha reyting bor. Afsuski, biz unda ancha orqadamiz. Chunki biz davolaymiz, lekin kasallikning oldini oladigan profilaktik chora-tadbirlarni esa juda kam ko‘ramiz.

    Foto: “Daryo”

    Hozirda klinikamizning ikkita filiali bo‘lib, ularda 150–160 nafar xodim ishlaydi. Yana 2 ta filial ochishga harakat qilyapmiz.

    Tadbirkorning o‘y-xayoli faqat rivojlanishda bo‘lishi kerak. Agar u ertaga menga tekshiruv keladi, soliq nima bo‘ldi deb, qo‘rqib yashasa, hech qachon o‘sa olmaydi. Bizga prezident “orqangizda men turibman”, deb aytdilar. “Ikkita ish o‘rni yaratgan tadbirkorni yelkamda ko‘taraman”, dedilar. Bu gaplarni eshitgach, ruhlanib, albatta o‘sasiz.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda biznes qilish qanchalik murakkab yoki oson? Soliq, bank, litsenziyalash va boshqa sohalar vakillari tadbirkorlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi. Ularning faoliyatiga qanday baho berasiz?

    So‘nggi vaqtlarda soliq tizimida ham, bank tizimida ham, sanoat palatasida ham tadbirkorlar uchun ko‘p imkoniyatlar yaratildi. Ular yuqoridan pastga tushib, seni muammoying nima, qanday qiyinchiliklaring bor, deb so‘raganlarining o‘zida hukumatga ishonch yanada oshib, motivatsiya oldik.

    Bugun loyihaviy takliflarni oldim. Davlat tadbirkorlarga loyihalarni beryapti. “Mana ol, 60 gektargacha loyihaning krediti, moliyalashtirilishi, biznes rejasi”, deb beryapti. Oling, qiling. Yo‘l yopiq emas, ochiq. Faqat ishlash kerak. Ozgina bilimimizni oshirishimiz lozim. Qaysi sohada bo‘lishidan qatʼi nazar, hamma o‘z ustida ishlashi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Hozirda Tojikiston va Qozog‘istonning minglab fuqarolari chegaradan o‘tib, kelib bizda davolanmoqda. Masalan, klinikamizda 64 ta koyka bo‘lsa, 30 foizi Tojikiston hamda Qozog‘iston fuqarolari. Nima uchun? Tojikiston yoki Qozog‘istonda shifoxonalar yo‘qmi? Bor. Lekin bizda shifokorlar malakaliroq, ko‘proq o‘z ustimizda ishlaymiz. Yevropa, jahon mamlakatlari standartlariga yaqinlashishga harakat qilamiz. Aytmoqchimanki, biz o‘sha darajaga yetdik. Chunki men o‘zim Hindiston, Xitoy, Amerika, Yevropa davlatlaridagi xususiy tibbiyot klinikalariga borib kelaman. Biz allaqachon o‘sha darajaga yetib keldik. O‘zbekistonga dunyo standartlariga javob beradigan uskunalarni olib kiryapmiz.

    2020-yil mart oyida O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi, pandemiya davri ko‘p tadbirkorlar faoliyatiga jiddiy taʼsir qildi. O‘sha paytda eslaymizki, mamlakatda ilk koronavirus sizda aniqlangandi. Shundan so‘ng ayrim yurtdoshlarimiz sizga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgan. Hattoki koronavirus O‘zbekistonda tarqalishiga sizni sababchi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar ham topilardi. Sizga atrofda ko‘p bosimlar bo‘lgani haqida eshitganmiz. Shunday og‘ir bosimlarni qanday yengib o‘tdingiz, pandemiya faoliyatingizga qanday taʼsir qildi?

    Foto: “Daryo”

    Inson hayotda ko‘p sinovlarga duch keladi. Qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazadi. Bu sinovlar albatta unga tayyor bo‘lgan, u sinovlardan o‘ta oladigan insonlarga berilarkan. Bu haqda eslashni ham, gapirishni ham xohlamayman. Lekin bir gapni aytmoqchiman, qalbimizda borini “kommentariy”da ko‘rsatamiz, qalbimizda borini insonlarga tarqatamiz. Qalbimizda samimiyat, oqko‘ngillik bo‘lsa, biz atrofimizdagilarga shu energiyani beramiz. Qalbimizda kirlik, manmansirash va kibr bo‘lsa, kimdir yiqilgan davrda uni tepkilaymiz, ustidan kulamiz. Internetda tanqidiy yozilgan fikrlar yonida, dalda beradigan gaplar aytgan tanish va notanish insonlarning ko‘pligi menga kuch berdi.

    O‘shanda faoliyatimizni 52 kundan keyin boshladik. U paytda bizning davlatga yordamimiz kerak edi. Koronavirus o‘sha yili yozda avjiga chiqqandi. Biz hech qanaqa gina-kudurat qilmasdan, o‘zimizda kuch topib fuqarolarimizga juda ham ko‘p yordam berdik. O‘sha paytda bemorlarni “koridorlar”gacha yotqizishga majbur bo‘lganmiz. Yotoqlarimiz shu darajada to‘lib ketgandi. Chunki bizdan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan iltimos qilingandi. Davlat kasalxonalari bu “nagruzka”ni ko‘tara olmayotgandi, shuning uchun xususiy sektorga ham bemorlarni davolash imkoniyati berilgan. Shu fursatdan foydalanib jamoamiz shifokorlariga rahmat aytaman. Ularning sinovli kunlarda qo‘llaganini qadrlayman.

    23.08.2023, 20:30   Izoh (0)   6594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

     Davlat granti uchun ajratilgan o‘rinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvchilari egallagani maʼlum bo‘ldi

    23.08.2023, 20:20

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar malakasini oshirish tartibi belgilandi 

    23.08.2023, 19:31

    O‘zbekistonda maksimal ball to‘plasa-da, kontraktga kirgan abituriyentlar to‘g‘risida maʼlumot berildi

    23.08.2023, 18:48

    10 milliard dollarlik sarmoya: O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun qanchalik jozibali?

    23.08.2023, 18:47

    O‘zbekistonda qancha abituriyent talaba bo‘la olmadi?

    23.08.2023, 18:31

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Fuzuliy shahriga bordi (foto) 

    23.08.2023, 17:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eldor Shomurodov A Seriyada qoladi — manba

    Sport | 26 iyun, 10:25

    Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimi ilmiy darajalaridan mahrum bo‘ladi

    Dunyo | 26 iyun, 10:09

    Qo‘rqinchli tushlar erta o‘lim xavfini oshiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 26 iyun, 09:59

    Isroilning G‘azoga hujumida 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 09:53

    Yuz terisining qarishiga olib keladigan tonggi odatlar

    Go‘zallik | 26 iyun, 09:38

    O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 09:27

    FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasi hamda klublari uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin

    Sport | 26 iyun, 09:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.