Alisher Sattarov uch yil muddatga Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, Shahzod Ikramov uch yil muddatga Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari, Shuhratillo Yadgarov esa uch yil muddatga aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining Uzbekistan Airways tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tayinlangan.
Tayinlovlar Uzbekistan Airways’ning ovoz beruvchi oddiy aksiyalariga ega bo‘lgan Yagona aksiyadori — O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan.
Mart oyida Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Xudoyqulov Uzbekistan Airways AJ boshqaruv raisi etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan Uzbekistan Airways’da tijorat va turizm bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh (0)