O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida 20-avgustdan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent—Budapesht yo‘nalishida amalga oshirilgan ilk parvozda yo‘lovchilar bilan bir qatorda O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati vakillaridan iborat delegatsiya Vengriyaga bordi. Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda ilk reys tantanali ravishda kutib olindi. Tashrif davomida Vengriya fuqaro aviatsiya boshqarmasi bosh direktori Mate Louinger bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Toshkent—Budapesht o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar Qanot Sharq aviakompaniyasi tomonidan haftada bir marotaba amalga oshiriladi. Reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
Izoh (0)