Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati 15—31-mart kunlari boshlang‘ich qiymati 648 ming dollarlik (taxminan 7,5 milliard so‘m) tender o‘tkazgan. “Daryo” hujjatlarni tahlil qilib, lot savdosi bo‘yicha ma’lumot beradi.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-05-18_17-36-08.jpg)
Tender samolyot yo‘lovchilari uchun bir martalik quloqchinlar sotib olish maqsadida amalga oshirilgan. Texnik topshiriqqa ko‘ra, g‘olib korxona 90 kun ichida bir donasining o‘rtacha narxi 2000 so‘m bo‘lgan naq 3 million 600 mingta naushnik yetkazib berishi kerak.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-05-18_17-37-32.jpg)
Xarid savdolarida oltita firma raqobatlashdi. Ammo ulardan uchtasi tenderdan chetlatilgan, sabab: korxonalarning rahbariyatlari o‘zaro bog‘liq, affillangan.
![](/static/Abduqahhor/photo_2023-05-18_17-38-55.jpg)
Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, tenderni Xitoyning Guangxi Fusui Huayunuo Trading kompaniyasi yutib olgan. Shartnoma summasi — 576 ming dollar. Bundan kelib chiqadiki, Uzbekistan Airways’ga quloqchinlarning bir donasi 1800 so‘mdan tushadi.
Izoh (0)