Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘zlagan nutqida bir oy ichida 200 dan ortiq rahbar ishdan olinganini aytdi.
“Bir oy ichida 200 dan ko‘proq rahbarni ishdan oldik. Nimaga? Aravani tortmayapti. Nimaga bugungi hayotga munosib emas? Bo‘laveradi deb yashayapti. Tahlil qilmaydi, televizor ko‘rmaydi, dunyoda nima bo‘lyapti, qanday raqobat bosib kelyapti, bu raqobatga qachon munosib bo‘lamiz, degan savolga javob topmayapti. Shuning uchun ular bilan xayrlashishga majbur bo‘lyapmiz”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Xalqaro kongress markazida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Izoh (0)