Sunnatulla Bekenov Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
U ushbu lavozimga 2022-yilning iyulida tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Sunnatulla Bekenov (1971-yilda tug‘ilgan) 2005-yilgacha O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi bosh direktori, 2005—2007-yillarda moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti mudiri, 2008—2009-yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009—2010-yillarda iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlagan.
U 2010—2015-yillarda hukumatning ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi, 2015—2016-yillarda tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, 2016—2018-yillarda iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari, 2018—2019-yillarda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2019-yilning yanvarida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovga birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2019-yil 13-sentabrdan 2020-yil dekabrigacha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)